24-may kuni Toshkent shahrida ishchini qum bosib qoldi, deb xabar bermoqda Favqulodda vaziyatlar vazirligi.

Qayd etilishicha, soat 17:05 da Favqulodda vaziyatlar boshqarmasiga Yakkasaroy tumani “Dilbuloq” MFY hududida bir nafar fuqaroni yangi qurilayotgan turar joy majmuasi chuqurida payvandlash ishlarini olib borayotgan vaqtida tuproq bosib qolgani to‘g‘risida murojaat kelib tushgan.

tuproq bosib қолиши, фвв

Aytilgan manzilga qutqaruvchilar yetib borib, maxsus asbob-anjomlar yordamida qutqaruv ishlarini amalga oshirgan. Olib borilgan harakatlar natijasida fuqaro tuproq ostidan olib chiqilib, birinchi yordam ko‘rsatilgan va shifoxonaga yuborilgan.

Hozirda fuqaroning ahvoli yaxshi va u shifokorlar nazoratida, deyiladi xabarda.