Qonun bilan elektr, issiqlik, gaz yoki vodoprovoddan tijorat maqsadlarida noqonuniy foydalanish o‘g‘irlik deb belgilandi. MJtK va JKga kiritilgan o‘zgartishlarga ko‘ra, endi ushbu jinoyatni sodir etganlar 6 mln so‘mgacha jarimaga tortilishi yoki 5 yilga qamalishi mumkin.
Fevral oyida 23,2 mlrd so‘mlik yoki 258 mingta xonadonning bir oylik iste’moliga teng miqdordagi elektrdan noqonuniy foydalanildi. Yanvarda ko‘rsatkich 5,6 mlrd so‘m yoki 33 mingdan ortiq xonadon iste’molini tashkil etgandi.
Prezident o‘tkazgan yig‘ilishda 2023-yilda hududlarda 18 ta quyosh elektr stansiyasi barpo etilishi ta’kidlandi. Bu orqali xonadonlarga beriladigan elektr 50 foizga ko‘payadi, — deyiladi matbuot xizmati xabarida.
Prezident qaroriga ko‘ra, endilikda elektr va gaz tarmoqlarida yuklama oshgan taqdirda, yangi iste’molchilarga ulanish taqiqlanadi. Bundan tashqari, sohadagi huquqbuzarliklar yuzasidan tuzilgan dalolatnomalar elektron shaklda rasmiylashtiriladi.
O‘zbekistonda 2022 yil dekabr oyida 15,7 mlrd so‘mlik elektrdan noqonuniy foydalanish holatlari aniqlandi. Bu Sirdaryo viloyati aholisining bir haftalik elektr iste’molini tashkil qiladi. Noqonuniy holatlar ko‘proq Andijon, Qashqadaryo, Samarqand va Toshkent viloyatlariga to‘g‘ri kelgan.
O‘zbekiston Qirg‘izistonga Turkmaniston gazidan ishlab chiqariladigan elektr energiyasini Sirdaryo daryosini suv bilan ta’minlovchi To‘xtagul suv omborida suv sathining keskin pasayishiga yo‘l qo‘ymaslik uchun yetkazib berdi.
O‘zbekiston Turkmanistondan tabiiy gaz importini oshirish bo‘yicha kelishuvga erishdi. Uch oy ichida 1,5 mlrd kub metrga yaqin gaz import qilinishi rejalashtirilgan, bu esa qish mavsumida taqchillikni qoplashga yordam beradi.
O‘zbekiston energetika vaziri o‘rinbosari Sherzod Xodjayev Yangi yil bayramida elektr bo‘yicha muammo bo‘lmasligini ma’lum qildi. Uning so‘zlariga ko‘ra, bayramda elektrga bo‘lgan talab pasayadi, chunki bu paytda qator obyektlar o‘z faoliyatini vaqtincha to‘xtatadi.
Toshkent viloyatining Nurafshon shahrida o‘zini-o‘zi qayta tiklanuvchi energiya manbalari orqali energiya resurslari bilan to‘liq ta’minlaydigan xonadon barpo etildi. Unga 15 kVt quvvatga teng quyosh panellari o‘rnatilgan.
«Milliy tiklanish» partiyasi yetakchisi Alisher Qodirov energetikada monopoliya tugamasa, aholini gaz va elektr bilan ta’minlashda sifat o‘zgarmasligini aytdi. «Muammo — boshqaruv va ta’minot tizimining eskirganida» — dedi u. Avvalroq vazir o‘rinbosari uzilishlar sababini yoqilg‘i yetishmasligi bilan izohlagandi.
Ishlab chiqarilayotgan va iste’mol qilinayotgan elektr energiyasi orasida nomutanosiblik vujudga kelgani sababli respublika bo‘yicha 1,5−2 mln kVt•soat yoki kunlik 0,8−1 foiz miqdorida cheklovlar kiritilishi ma’lum qilindi. Tojikistondan elektr energiyasi importi to‘xtagan, Turkmaniston bilan esa yangi shartnoma imzolandi.
Qo‘shimcha imkoniyatlarga ega bulish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting