«dsq» tegli maqolalar


O‘zbekistonda rasmiy ijarada turadigan talabalar soni 80 mingdan oshgan — DSQ
27 mart 2023, 13:42

O‘zbekistonda rasmiy ijarada turadigan talabalar soni 80 mingdan oshgan — DSQ

DSQ O‘zbekistonda qancha talaba shartnoma tuzib ijarada turganini ma’lum qildi. 2023 yil 1 mart holatiga ko‘ra, 50 976 ta ijara shartnomalari tuzilgan. Ushbu shartnomalar bo‘yicha ijarada turuvchi talabalar soni 83 018 nafarga yetgan.

Kassir xaridorlar chekidan 16,5 mln so‘m keshbek yig‘di
3 iyun 2022, 09:22

Kassir xaridorlar chekidan 16,5 mln so‘m keshbek yig‘di

O‘zbekistonda kompaniyalardan birining kassiri bir oy davomida xaridorlarning 1,6 mlrd so‘mlik 152 dona kassa cheklarini ro‘yxatdan o‘tkazib, salkam 16,5 mln so‘m miqdorida keshbek to‘plagani aniqlandi. Davlat soliq qo‘mitasi ushbu summani bekor qildi.

Rasmiylar soliq qonunchiligiga ba’zi o‘zgartirishlar bo‘yicha talablarni yumshatmoqda
27 yanvar 2022, 15:22

Rasmiylar soliq qonunchiligiga ba’zi o‘zgartirishlar bo‘yicha talablarni yumshatmoqda

Soliq qonunchiligiga o‘zgartirishlar jamoatchilik va mutaxassislar tanqidini hisobga olgan holda qayta ko‘rib chiqiladi. DSQ va Moliya vazirligi E-aktiv dasturidan foydalanish va QQS to‘lovchilarining tahlika-tahlili bo‘yicha talablarning yumshatilishi haqida ma’lum qildi. Shuningdek, mulk solig‘i va boshqa o‘zgarishlar bo‘yicha ham yengilliklar bo‘lishi kutilmoqda.

Aybsiz aybdorlar yoki Davlat soliq qo‘mitasiga bir nechta savol
27 yanvar 2022, 11:03

Aybsiz aybdorlar yoki Davlat soliq qo‘mitasiga bir nechta savol

Soliq qonunchiligidagi yangiliklar qanday qilib elektron hisob-fakturada kompaniya faoliyatining muvaffaqiyatiga salbiy ta’sir ko‘rsatishi mumkin bo‘lgan yangi sirli ustunning paydo bo‘lishiga olib kelganligi, ushbu ustunning qonun hujjatlariga qay darajada muvofiqligi va QQS to‘lovchilari duch kelayotgan boshqa ma’muriy muammolar haqida Vladimir Srapionov yozadi.

Xorijiy internet-kompaniyalar 15,2 milliard so‘mdan ortiq soliq to‘lashdi
14 oktabr 2021, 22:12

Xorijiy internet-kompaniyalar 15,2 milliard so‘mdan ortiq soliq to‘lashdi

To‘qqiz oy mobaynida elektron xizmatlarni ko‘rsatuvchi xorijiy kompaniyalar O‘zbekistonda 15,2 milliard so‘mdan ortiq soliq to‘ladi. To‘lovlarning aksariyati Facebook, Google va Apple hissasiga to‘g‘ri keladi.

3500 ta kompaniya soliq to‘lamaslik uchun qasddan bankrot qilingan — DSQ
16 sentabr 2021, 15:33

3500 ta kompaniya soliq to‘lamaslik uchun qasddan bankrot qilingan — DSQ

DSQ ma’lumotlariga ko‘ra, so‘nggi uch yilda 6,7 trln so‘m soliqlarni to‘lamaslik maqsadida 3500 ta kompaniya bankrotlik asosida tugatilgan. Ushbu korxonalar ta’sischilari yangidan korxonalar tashkil etishda davom etmoqda.

Belgilangan muddatda soliq hisobotini taqdim etmaganlik uchun jarima bekor qilinadi
8 sentabr 2021, 10:30

Belgilangan muddatda soliq hisobotini taqdim etmaganlik uchun jarima bekor qilinadi

2022 yildan boshlab tadbirkorlik subyektlari tomonidan soliq hisobotini belgilangan muddatlarda taqdim etmaganlik uchun moliyaviy sanksiyalar, shuningdek kameral soliq tekshiruv asosida aniqlangan huquqbuzarliklar uchun moliyaviy sanksiyalar bekor qilinadi. Xorazmda soliq organlari tomonidan soliq hisobotlarini shakllantirish bo‘yicha eksperiment o‘tkazish rejalashtirilgan. Shundan so‘ng yangi tartib boshqa hududlarda ham joriy etiladi.

Suv va ichimlik ishlab chiqaruvchilari nima uchun majburiy markirovkadan norozi? DSQ munosabati
1 iyul 2021, 18:36

Suv va ichimlik ishlab chiqaruvchilari nima uchun majburiy markirovkadan norozi? DSQ munosabati

Suv va salqin ichimlik ishlab chiqaruvchilari markirovka bo‘yicha tajriba loyihasini to‘xtatishga chaqirmoqda, ularning fikricha, bu iqtisodiy jihatdan maqsadga muvofiq emas. Soliq qo‘mitasi kompaniyalar xavotirlarini asossiz deb atab, ularning loyihada qatnashish haqidagi kelishuvni imzolab bo‘lganlarini ma’lum qildi.

Davlat soliq qo‘mitasi raisiga yangi o‘rinbosar tayinlandi
25 may 2021, 11:10

Davlat soliq qo‘mitasi raisiga yangi o‘rinbosar tayinlandi

DSQ Xavfni tahlil qilish va soliq to‘lovchilarni segmentlash departamenti boshlig‘i sifatida faoliyat yuritib kelgan Jaxongir Abdiyev Davlat soliq qo‘mitasi raisining o‘rinbosari lavozimi etib tayinlandi.

Soliq xizmati xodimlari daromadlarini majburiy deklaratsiya qilishlari mumkin
7 may 2021, 09:25

Soliq xizmati xodimlari daromadlarini majburiy deklaratsiya qilishlari mumkin

DSQ soliq xizmati xodimlari uchun daromadlarni majburiy deklaratsiya qilish taklifini ilgari surdi. Prezident farmoni loyihasiga ko‘ra, ular o‘zlariga tegishli harakatlanuvchi va ko‘chmas mulklar, shuningdek, yil davomida umumiy daromadlaridan olingan boshqa aktivlari to‘g‘risidagi ma’lumotlarni deklaratsiyada ko‘rsatishlari kerak bo‘ladi.

“Bu koronavirusdan battar” — Sherzod Kudbiyev “obnalchi”lar haqida
25 fevral 2021, 11:34

“Bu koronavirusdan battar” — Sherzod Kudbiyev “obnalchi"lar haqida

“„Obnalchi“ halol tadbirkorning birinchi va yagona dushmani. U davlatni, jamiyatni aldaydi”, — dedi Davlat soliq qo‘mitasi raisi Sherzod Kudbiyev. Davlat soliq qo‘mitasi rahbari QQS bilan hisob-kitoblarni bekor qilish bo‘yicha yangi to‘lqin kutilayotganidan ogohlantirdi. Uning so‘zlariga ko‘ra, “obnalchi” firmalarning umri keskin qisqardi.

DSQ «naqdlashtiruvchi korxonalar» faoliyatiga qarshi kurashadi
17 fevral 2021, 12:34

DSQ «naqdlashtiruvchi korxonalar» faoliyatiga qarshi kurashadi

«Bir kunlik firmalar» ning noqonuniy faoliyatiga qarshi kurashishning samarali mexanizmi joriy etildi. Pul mablag‘larini naqdlashtirish bilan shug‘ullanuvchi 396 ta «bir kunlik firmalar» xizmatidan foydalangan 10 mingga yaqin tashkilotlar ro‘yxati shakllantirildi. Shuningdek, 2960 tadbirkorlik sub’ektlarining bank hisobvaraqlariga joylashtirilgan inkasso topshiriqlari 1 martgacha vaqtinchalik bekor qilindi.

O‘zbekistonning tashqi savdo aylanmasi 10 oyda 30 mlrd dollarni tashkil qildi
23 noyabr 2020, 17:56

O‘zbekistonning tashqi savdo aylanmasi 10 oyda 30 mlrd dollarni tashkil qildi

Yanvar-oktyabr oylarida O‘zbekistonning umumiy tashqi savdo aylanmasi 30 mlrd dollardan ortiqroqni tashkil etdi. Tashqi iqtisodiy faoliyatdagi 20 ta yirik hamkor-davlat orasidan beshtasi bilan faol tashqi savdo balansi kuzatilgan.

Surxondaryo DSB Equinox sotib olish uchun hujjatlarni qalbakilashtirdi
12 noyabr 2020, 13:43

Surxondaryo DSB Equinox sotib olish uchun hujjatlarni qalbakilashtirdi

Moliya vazirligi Surxondaryo davlat soliq boshqarmasi Equinox xizmat avtomashinasini sotib olish uchun hujjatlarni qalbakilashtirgani haqida xabar berdi. Vazirlik Nexia-3 sotib olishga ruxsat bergan, ammo DSB Equinox avtomobilini moliya organiga rusxat so‘rab xat yozish va javob xatini olishdan avval sotib olgan.

O‘zbekiston xufiyona iqtisodiyoti 245 trln so‘mga baholandi
9 sentabr 2020, 15:44

O‘zbekiston xufiyona iqtisodiyoti 245 trln so‘mga baholandi

O‘zbekiston xufiyona iqtisodiyoti 245 trln so‘mga teng deb baholandi. DSQ iste’molchilarni mahsulot yoki xizmat xarididan so‘ng chek so‘rashga chaqirdi.


"Gazeta.uz"da ro‘yxatdan o‘tish

Qo‘shimcha imkoniyatlarga ega bulish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting