Yanvar-oktyabr oylarida O‘zbekiston bilan tashqi savdo aylanmasi hajmi 30 mlrd dollardan ziyodroqni tashkil etdi. Davlat statistika qo‘mitasining bergan ma’lumotlarida bu haqda so‘z boradi.

Tashqi savdo aylanmasida eksport hajmi 13,3 mlrd dollar, import esa 16,7 mlrd dollarni tashkil etdi. Bunda tovarlar eksporti 5,9 mlrd dollarga yetgan bo‘lib, ularning eng katta qismi sanoat tovarlariga to‘g‘ri kelgan. Tovarlar importi esa jami 15,7 mlrd dollarni tashkil qilgan bo‘lib, ularning 37,8 foizini mashinalar va transport asbob-uskunalari egallagan.

O‘tgan davr mobaynida O‘zbekistonning eng yirik savdo hamkori Xitoy Xalq Respublikasi bo‘ldi. Ikki davlat o‘rtasidagi tashqi savdo aylanmasining umumiy hajmi 5,1 mlrd dollarni tashkil qilib, shuning 1,57 mlrd dollari eksport, 3,5 mlrd dollari esa importga to‘g‘ri keladi.

Tashqi savdo aylanmasi bo‘yicha keyingi o‘rinlarda esa quyidagi davlatlar turibdi:

  • Rossiya — 4,5 mlrd dollar: eksport — 1,2 mlrd, import — 3,3 mlrd dollar
  • Qozog‘iston — 2,3 mlrd dollar: eksport — 729,4 mln, import — 1,5 mlrd dollar
  • Koreya — 1,8 mlrd dollar: eksport — 38,4 mln, import — 1735,1 mln dollar
  • Turkiya — 1654,8 mln dollar: eksport — 785,8 mln, import — 869 mln dollar
  • Qirg‘iziston — 736,3 mln dollar: eksport — 622,4 mln, import — 113,9 mln dollar
  • Germaniya — 643,6 mln dollar: eksport — 59,6 mln, import — 584 mln dollar
  • Afg‘oniston — 611,4 mln dollar: eksport — 609,5 mln, import — 1,9 mln dollar
  • Chexiya — 499,1 mln dollar: eksport — 30,8 mln., import — 468,2 mln dollar
  • Tojikiston — 394,3 mln dollar: eksport — 318,3 mln, import — 76 mln dollar.

Shuningdek, DSQ ma’lumotlariga ko‘ra, tashqi iqtisodiy faoliyat bo‘yicha 20 ta yirik hamkor-davlatlar orasidan beshta davlatda faol tashqi savdo balansi kuzatilgan. Xususan, Afg‘oniston (607,7 mln dollar), Qirg‘iziston (508,4 mln dollar), Tojikiston (242,3 mln dollari), va Eron (40,9 mln dollar) shular jumlasidandir. Qolgan 16 ta davlatlar bilan passiv tashqi savdo balansi saqlanib qolmoqda.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq янvaрь-oktyabr oylari davomida O‘zbekiston 5,8 mlrd dollarlik hajmda oltin eksport qilgani, bu 10 oy davomida amalga oshirilgan tashqi savdo aylanmasining 43,5 foizini tashkil etishi haqida xabar bergan edik.