«davlat xizmatlari» tegli maqolalar


26 iyul 2021, 13:32

Davlat xizmatini ko‘rsatish muddati kechiksa — to‘lovning 50 foizi qaytariladi

1 noyabrdan Davlat xizmatlari markazlari, «Litsenziya» axborot tizimi hamda YAIDXP orqali ko‘rsatilayotgan davlat xizmatlari belgilangan muddatidan 3 ish kunidan ortiq vaqtga kechiktirilganda, xizmat uchun to‘langan davlat bojlari, yig‘imlar va boshqa har qanday to‘lovlarning 50 foizi 1 ish kunida qaytariladi.

25 iyul 2021, 10:43

Endi xorijdagi o‘zbekistonliklar davlat xizmatlaridan elektron tarzda foydalanishi mumkin

Xorij mamlakatlarida doimiy istiqomat qilayotgan O‘zbekiston fuqarolariga davlat xizmatlaridan onlayn foydalanish imkoniyati yaratiladi. Ular davlat boji va boshqa to‘lovlarni chet el valyutasida xalqaro to‘lov tizimlari orqali to‘laydi.

25 iyul 2021, 10:15

1 yanvardan xorijga chiqish pasporti uchun to‘lov arzonlashtiriladi

Prezident farmoni bilan 1 yanvardan xorijga chiqish pasporti, tadbirkorlik subyektlarini ro‘yxatdan o‘tganligi to‘g‘risida yangi namunadagi guvohnoma, advokatlik byuro, firma va hay’atlarini ro‘yxatdan o‘tkazish uchun to‘lov miqdorlari arzonlashtiriladi. Xususiy bandlik agentliklari reyestriga kiritish xizmati esa bepul bo‘ladi.

25 iyul 2021, 07:06

2022 yildan aholi va tadbirkorlardan 15 turdagi hujjat va ma’lumotlarni so‘rash tartibi bekor qilinadi

1 yanvardan boshlab davlat organlari tomonidan moliyaviy hisobotlar nusxalari, jismoniy shaxslarning so‘nggi 12 oydagi ish haqi to‘g‘risidagi, tadbirkorlik subyekti davlat ro‘yxatidan o‘tganligi, davlat boji, yig‘imlar va aliment to‘langanligi, kam ta’minlanganlik va fuqaroning «Yoshlar daftari» yoki «Ayollar daftari»ga kiritilganligi haqidagi jami 15 turdagi ma’lumotlarni so‘rash tartibi bekor qilinadi. Ushbu ma’lumotlar «Elektron hukumat» platformasi orqali onlayn olinadi.

3 iyul 2021, 08:24

«Ota-onalarini kiritsak ham, davlat xizmatchilari „tirqish“ topadi». Akmal Burxonov — deklaratsiyalash tizimi haqida

Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi direktori Akmal Burxonov daromad va mol-mulklarni majburiy deklaratsiya qilish tizimi nima uchun davlat xizmatchilari, ularning turmush o‘rtoqlari va voyaga yetmagan farzandlarini qamrab olish bilan cheklanayotgani, boshqa qarindoshlari hozircha hisobga olinmayotganiga izoh berdi. U tizim nima sababdan davlat xizmatchilarining xarajatlarini hisobga olmasligi haqida ham to‘xtalib o‘tdi.

9 dekabr 2020, 15:39

Xususiy sektor davlat xizmatlarini ko‘rsatishda agent sifatida ishtirok etadi

2021 yil 1 martdan tadbirkorlarga ayrim turdagi davlat xizmatlari ko‘rsatilishida agent sifatida ishtirok etishga ruxsat beriladi. Xizmatlarni ko‘rsatish Davlat xizmatlari agentligining yagona platformasi doirasida amalga oshiriladi.


"Gazeta.uz"da ro`yxatdan o`tish

Qo`shimcha imkoniyatlarga ega bulish uchun saytda ro`yxatdan o`ting