18-dekabr kuni Buxoro viloyatida tahminan soat 23:18 larda “Nukus-Buxoro-Toshkent” yo‘nalishida harakatlangan yo‘lovchi poyezdi ayol kishini urib yuborgan. Bu haqda viloyati IIB xabar berdi.

Voqea haqida viloyat IIB transportda xavfsizlikni ta’minlash boshqarmasi navbatchilik qismiga temiryo‘l bekati navbatchisi xabar qilgan. Ayol olgan tan jarohatlari natijasida voqea joyida vafot etgan.

Ta’kidlanishicha, marhum Kogon tumanida istiqomat qilgan hamda Kogon shahar shifoxonasida hamshira sifatida faoliyat yuritgan. Baxtsiz hodisa oqibatida uning ikki nafar voyaga yetmagan farzandi yetim qoldi.