10 yanvar kuni Buxoro shahridagi Bahovuddin Naqshband ko‘chasida asfalt mahsuloti yuklangan «Howo» rusumli yuk avtomashinasi ag‘darilishi natijasida shu hududda obodonlashtirish ishlarini olib borayotgan xodimlardan biri yuk tagida qolib ketgan.

Bu holatni ko‘rgan yana bir ayol hushini yo‘qotib, yerga yiqilgan.

Favqulodda vaziyatlar bo‘limi xodimlari yordamida obodonlashtirish xodimi qazib olingan. Unga va hushini yo‘qotgan ayolga tibbiy yordam ko‘rsatilgan.

Mahalliy axolining so‘zlariga ko‘ra, bundan bir necha kun avval ushbu hududda suv quvurlari yorilgan va Suvoqova tashkiloti muammolarni bartaraf etish maqsadida yo‘lak ostini qazishgan hamda shunchaki yuza qismini ko‘mib ketishgan.

Ushbu yo‘lak orqali harakatlangan «Howo» avtomashinasi yuk og‘irligi sabab yo‘lning aynan o‘sha qismi mo‘rtligidan ag‘darilib ketgan.