Hududiy elektr tarmoqlari AJ matbuot xizmati xabar berishicha, Sirdaryoda kuchli shamol, yog‘ingarchilik va qor yog‘ishi kuzatilishi natijasida hududlarda elektr nosozliklar kelib chiqdi.

Andijon viloyatida «Podstansiya Andijon» favqulodda himoya ta’sirida 110kV.li Gulshan havo tarmog‘i yuqori fazasida shleyf uzilgan. Oqibatda ayrim tumanlarda avtomatik ravishda cheklovlar kiritilgani ma’lum qilindi.

Buxoro viloyatida noqulay ob-havo sharoiti tufayli hududdagi elektr tarmoqlari tizimida nosozliklar kelib chiqqani haqida xabar berildi. 15:00ga qadar barcha hududlarning elektr energiyasi ta’minoti tiklanishi kutilmoqda.

Bundan avval, Xorazm va Qashqadaryo viloyatlarining elektr energiya ta’minotidagi uzilishlar haqida xabar bergan edik.

Eslatib o‘tamiz, energetika vaziri Alisher Sultonov haftaning oxiriga kelib, O‘zbekistonda sovuq ob-havoning yangi to‘lqini noldan past haroratgacha tushishi munosabati bilan uy, ish joylarining barqaror energiya va gaz bilan ta’minlashga erishish uchun barcha chora-tadbirlar amalga oshirilgani xaqida aytgan edi.

20 yanvardan 1 fevralgacha iste’molchilarga 2,3 mlrd kVt soat elektr energiyasi, 1,1 mlrd metr kub tabiiy gaz, 19,2 ming tonna suyultirilgan gaz yetkazib berilishi aytgan edi. Hozirda 8,2 ming tonna suyultirilgan gaz va 28 ming dona gaz ballo nlari zaxiralari tayyorlab qo‘yilgani haqida ma’lum qilingan edi.