Buxoro viloyatida «K.» kompaniyasi ishchilari Sh. Sh., B.A. va O.X. korxona direktori va bosh hisobchisini mansab vakolatini suiiste’mol qilib, noqonuniy hatti-harakatlar sodir etgani aks etgan video yozuvlarni internetda tarqatish va huquqni muhofaza qilish organlariga murojaat qilish bilan qo‘rqitgan. Bu xaqda Bosh prokuratura matbuot xizmati «Gazeta.uz» ga xabar berdi.

Ushbu harakatlarini amalga oshirmaslik evaziga ulardan 30 ming AQSH dollari talab qilgan.

Fuqarolar kimyoviy ishlov berilgan pullarni olgan vaqtida ashyoviy dalil bilan ushlandi.

Ushbu holat yuzasidan Sh. Sh., B.A. va O.X.ga nisbatan JKning 165-moddasi 3-qismi (juda ko‘p miqdorda tovlamachilik) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.