Botir Zaripov Buxoro viloyati hokimi vazifasini bajaruvchi etib tayinlandi, deya xabar berdi O‘zA. Ushbu tayinlov 7 noyabr kuni Buxoro viloyati hokimligi majlislar zalida bo‘lib o‘tdi faollar yig‘ilishida amalga oshirildi.

Yig‘ilishda, shuningdek, bosh vazir Abdulla Aripov qatnashdi. Tayinlovga qadar Botir Zaripov «O‘zqurilishmateriallari» uyushmasi raisi lavozimida faoliyat olib borayotgan edi.

Oldinroq, Buxoro viloyati hokimining vazifasini bajaruvchi Karim Kamolov koronavirus bilan kasallanib, vafot etgan edi. Keyinchalik 28 avgust kuni Farhod Umarov Buxoro hokimi vazifasini vaqtincha bajaruvchi etib tayinlangan edi.