Prezidentning yoqilg‘i-energetika resurslaridan foydalanishni nazorat qilish to‘g‘risidagi farmoni bilan prokuratura organlarida boshqaruv xodimlari soni 4195 dan 4886 nafarga, Bosh prokuratura prokuror-tergovchilari esa 252 dan 316 nafarga oshirildi. Yana bir — bosh prokuror o‘rinbosari lavozimi joriy etiladi.
Olmazor tumanida 19 yoshli maktab o‘quvchisi tanishini pichoqlab o‘ldirdi. Voqeaga ularning telefon talashishi sabab bo‘lgani aytilmoqda. Holat bo‘yicha jinoyat ishi qo‘zg‘atildi.
Toyloq tumanida erkak xotinidan qasd olish uchun 6 va 8 yoshli o‘g‘illarini sim bilan bo‘g‘ib o‘ldirdi. Voqeaga Rossiyaga ishlashga ketgan xotinining begonalar bilan ishqiy munosabatda bo‘lgani aks etgan videolar sabab sifatida keltirilmoqda.
Tarmoqlarda erkak o‘z farzandlarini qiynoqqa solayotgani aks etgan video tarqaldi. Bosh prokuraturaga ko‘ra, yangiyo‘llik 30 yashar erkak oilaviy kelishmovchilik sababli turmush o‘rtog‘idan o‘ch olish maqsadida 2 yoshli farzandini qiynoqqa solib, jarayonni videoga olgan. Unga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.
3-may kuni Baxmal tumanida 5 yoshli bola uyidan chiqib ketib, bedarak yo‘qoldi. Oradan ikki kun o‘tib, uning murdasi “Tuyatortar” kanalidan topildi. Holat yuzasidan tergovga qadar tekshiruv olib borilmoqda.
Oqqo‘rg‘onda “Shoxruxiya shaxristoni” va “Qiyritepa” arxeologiya yodgorliklarining xususiy korxonalarga berib yuborilishi oqibatida obyektlarga jami 495 mln so‘m zarar yetkazilgani aniqlandi. Holatga sababchi mansabdorlarga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi.
Qashqadaryoda bayroq rangidagi tasma taqqan yigit ishi bo‘yicha IIB xodimlariga xizmat tekshiruvi tayinlandi. Avvalroq “Yuksalish” xodimlar va noqonuniy qaror qabul qilgan sud harakatlariga qanday baho berilganiga qiziqib, ish tafsilotlarini ochiqlashga chaqirgandi.
Adliya vazirligining sobiq xodimi tuhmat qilishda gumonlanib, hibsga olingandi. Uning ayoli tergov tugagan bo‘lsa-da, eri ozodlikka chiqmagani sababli bosh prokurorga murojaat qilgan. Sud ajrimiga ko‘ra, 3 oyga yaqin hibsda o‘tirgan fuqaro qo‘yib yuborildi.
Bosh prokuratura boshqarma katta prokurori va Uchtepa tumani prokuraturasi tergovchisiga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, qo‘lga olinganini ma’lum qildi. Ular firibgarlik hamda pora berishda gumonlanmoqda.
Bosh prokuratura aralashuvi bilan bayroq rangidagi tasma taqqan qamashilik yigitga nisbatan ma’muriy huquqbuzarlik to‘g‘risida ish qo‘zg‘atish haqidagi qaror bekor qilindi. Shuningdek, mazkur qarorning noqonuniy ekani ma’lum qilindi.
Toshkent shahrida kompaniya rahbari va boshqa shaxslar fuqaroni $25 ming evaziga Turkiya va Meksika orqali AQShga jo‘natishga uringanlikda ayblanib ushlandi.
Bosh prokuror o‘rinbosari Svetlana Artikova sayyor qabulda eri bilan bog‘liq ishni hal qilish uchun kelgan ayol bilan janjallashdi. Aniqlanishicha, u ayolni bosh prokuror bilan uchrashishga qo‘ymagan. Yakunda bosh prokuror ayolni qabul qilib, murojaatni nazoratga oldi.
Namangan shahrida fundamentidan o‘pirilgan reklama banneri mashina va bir erkak ustiga quladi. Bosh prokuratura fuqaro shifoxonaga olib ketilgani va holat bo‘yicha tekshirish olib borilayotganini ma’lum qildi.
Yunusobod tumanida yashovchi 16 yoshli qiz 3-qavatda balkon oynasini artayotib, ehtiyotsizligi oqibatida yiqilgan. Bosh prokuratura jarohat olgan qizning ahvoli hozirda yaxshi ekani, tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilayotganini ma’lum qildi.
Surxondaryodagi maktabda ayol hamkasblarini kaltaklagan erkak hodisadan keyin ham ozodlikda edi. Voqea videosi tarqalgach, jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, erkak ushlangan, maktab direktori ishdan olingan, jabrlanuvchining holidan esa hokim xabar olgan. “Gazeta.uz” hodisa ishtirokchilari bilan suhbatlashdi (video).
Uzun tumanidagi 31-maktabda o‘qituvchilarni do‘pposlagan shaxs ushlandi. Unga nisbatan Jinoyat kodeksining 277-moddasi (Bezorilik) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi. Vazir Hilola Umarova holatga munosabat bildirib, video e’lon qildi.
Uzun tumanidagi maktabda bir erkak o‘qituvchilarni do‘pposlayotgani aks etgan video tarqaldi. Viloyat maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi holat ishchi guruh tomonidan o‘rganilayotgani, Bosh prokuratura esa o‘rganish natijalari qonun doirasida ko‘rib chiqilishini bildirdi.
Oqdaryo tumanida fuqaro o‘rmon xo‘jaligining 3 gektar yerini 25 ming dollarga sotishga uringanlikda ayblanmoqda. Gumonlanuvchi xaridordan 10 ming dollar olgan vaqtida qo‘lga olingan.
Qashqadaryo viloyati prokuraturasi Chiroqchi tumanida Tyan-Shan qo‘ng‘ir ayig‘ining o‘ldirilishi holati bo‘yicha jinoyat ishi qo‘zg‘atdi. Avvalroq jonivor ichki ishlar bo‘limi boshlig‘ining buyrug‘i bilan “aholi xavfsizligi uchun” otilgani xabar qilingandi.
O‘zbekiston xalq artisti Malika Ahmedova yashash uyidan 600 ming dollarga teng qimmatbaho taqinchoqlar o‘g‘irlab ketilganini aytmoqda. Uning fikricha, o‘g‘rilar topilgan, ammo qimmatbaho brilliant va tillalar qaytirilmagan. 11-aprel kuni Mirzo Ulug‘bek tumani prokurori Aliakbar Pulatov raqqosa bilan uchrashdi.
Qo‘shimcha imkoniyatlarga ega bulish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting