Toshkent shahri Chilonzor tumanidagi Abdulqosim Eshon madrasasi ichki qismiga o‘zboshimchalik bilan hojatxona qurib olingani aniqlandi, deb xabar bermoqda Bosh prokuratura matbuot xizmati.

Madaniy meros agentligi bilan hamkorlikda o‘tkazilgan nazorat tadbirlarida “U.M.” jamoat fondi mansabdor shaxslari tomonidan XVI asrga oid Abdulqosim Eshon madrasasi arxitektura yodgorligi ichki qismiga hojatxona qurilib, kommunikatsiya tarmoqlari o‘tkazilgani ma’lum bo‘lgan. Oqibatda yodgorlikka 65,6 million so‘m zarar yetgan.

абдулқосим эшон madrasasi, бош prokuratura, маданий meros agentligi

Bu kabi holatlar Andijon va Namanganda ham yuz bergan. Xususan, tadbirkor O.A. va boshqalar Namangan shahridagi XIX asrga oid “Sirli masjid” arxitektura yodgorligining qadimiy ganchkor uslubdagi kirish darvozasi va minorasini to‘liq buzib tashlab, 554,4 million so‘m zarar yetkazgan.

Fuqaro M.K. Andijon shahridagi XX asrga oid Yunusxoji masjidi arxitektura yodgorligining 113,7 metr kub qismini buzib yuborib, yodgorlikka 801,5 million so‘mlik zarar yetkazgan.

“Aniqlangan holat yuzasidan jinoyat ishlari qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda. Nazorat tadbirlari davom ettirilmoqda”, — deyiladi xabarda.