Axborot kodeksi loyihasi jamoatchilik muhokamasiga qo‘yilgach faollarning e’tirozlariga sabab bo‘ldi. Jumladan, Mass-media fondi Vasiylik kengashi raisi Nozima Davletova 45-moddani «xavfli» deb atadi. Nurbek Alimov esa «7-modda har qanday bloger yoki OAVni sindirib yuborishi mumkin»ligini ta’kidladi.
Toshkent shahar IIBB bloger Abduqodir Mo‘minovga qilingan hujum yuzasidan «bosqinchilik» moddasi bo‘yicha jinoyat ishi qo‘zg‘atilganini ma’lum qildi. Boshqarma ma’lumotlariga ko‘ra, flesh-disk yozuvlarni tekshirish uchun musodara qilingan. Bloger uni ruxsatisiz olib ketishganini aytgandi.
Mitinglar tashkil etish va o‘tkazish tartibini buzish, yolg‘on axborot tarqatishda ayblanib jarimaga tortilgan bloger Olimjon Haydarov sud qarori ustidan apellyatsiya shikoyati berdi. Deputat Rasul Kusherbayevning ma’lum qilishicha, mavjud bo‘lmagan tartib bo‘yicha javobgarlikka tortish qonunga ziddir.
O‘zbekistonda OAV, saytlar va blogerlarga «bir jinslilar o‘rtasidagi g‘ayritabiiy aloqalarni targ‘ib qilish»ni taqiqlash rejalashtirilmoqda. Ushbu ibora sohadagi 8 ta qonunni birlashtirish taklif etilayotgan Axborot kodeksi loyihasidan o‘rin olgan.
Daryo.uz bosh muharriri Muhrim A’zamxo‘jayev uni «profilaktik suhbat uchun» huquqni muhofaza qilish organlariga chaqirtirishgani haqidagi xabarlarni rad etdi. «Gazeta.uz» manbalari esa bir necha jurnalistlar chaqirtirilganini ma’lum qildi.
OAV va bloglarda qoldirilgan izohlar uchun javobgarlik joriy etilmoqda. AOKA qonunga zid izohlar haqida resurs egasi va blogerlarni ogohlantiradi, 24 soat ichida izohlar o‘chirilmasa, sudga murojaat qilishi mumkin.
Jo‘qorg‘i Kenges raisining o‘limi haqidagi yolg‘on xabarlarni tarqatish ishi bo‘yicha Nukus IIBga uchta bloger chaqirilib, ularning telefonlari va kompyuterlari tortib olindi. Oldinroq uchta nashrning bosh muharrirlari prokuraturaga chaqirilgan edi. AOKA huquqni muhofaza qilish idoralari xodimlari qonunni buzishganini, ammo jurnalistlar ma’lumotni tekshirishlari kerakligini ta’kidladi.
Qo‘shimcha imkoniyatlarga ega bulish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting