«blekaut» tegli maqolalar


25 mart 2022, 16:21

Energetika vazirligi huzurida «Milliy dispetcherlik markazi» tashkil etiladi

Energetika vazirligi huzurida «Milliy dispetcherlik markazi» davlat unitar korxonasi tashkil etiladi. Markazga yagona elektr energetika tizimini boshqarish, ushbu tizimning qo‘shni davlatlar energetika tizimlari bilan parallel ishlashini ta’minlash, avariya holatlari yuzaga kelishining oldini olish va ularni bartaraf etish kabi vazifalar topshiriladi.

16 mart 2022, 15:32

Yanvar oyidagi blekautga O‘zbekistondagi uzilish sabab bo‘lgan — davlatlararo komissiya

25 yanvar kuni Markaziy Osiyo mamlakatlarida elektr energiyasining ommaviy uzilishiga O‘zbekiston energetika tizimidagi nosozlik sabab bo‘lgan. Avariya sabablarini o‘rganish bo‘yicha davlatlararo komissiya shunday xulosaga keldi.

31 yanvar 2022, 10:40

Markaziy Osiyo yagona energohalqasi qanday ishlaydi?

«Energiya» muvofiqlashtirish dispetcherlik markazi direktori Xamidilla Shamsiyev Markaziy Osiyo va Janubiy Qozog‘iston yagona energetika halqasi qanday ishlashini tushuntirib berdi.

29 yanvar 2022, 22:06

«Eng katta qo‘rqqanim Sirdaryo IES yonib ketmasin dedim». Shavkat Mirziyoyev — energotizimdagi muammo haqida

Prezident seshanba kuni kuzatilgan energotizimdagi nosozlik haqida fikr bildirar ekan, aynan nimadan ko‘proq qo‘rqqanini ma’lum qildi. «Eng katta qo‘rqqanim Sirdaryo IES yonib ketmasin dedim. 1982 yo 1983 yil Sirdaryoda oltita stansiya ham yonib ketgan», — dedi Shavkat Mirziyoyev. Qolaversa, u tizimdagi rahbarlarga har daqiqada aholini vaziyatdan xabardor qilish bo‘yicha topshiriq berganini ta’kidladi.

26 yanvar 2022, 22:27

Blekautlar — elektr ta’minotidagi yirik uzilishlarning iqtisodiy zararlari

Bugungi kunda aholining kundalik hayot tarzi, iqtisodiyotning qator ishlab chiqarish va xizmat ko‘rsatish tarmoqlarining uzluksiz faoliyati bevosita elektr energiyasi ta’minoti bilan bog‘liq. Elektr energiyasi ta’minotidagi keng ko‘lamli uzilishlar jamiyatga va iqtisodiyotga juda katta zarar keltiradi. «Gazeta.uz» maqolasida blekautlar va ularning iqtisodiy zararlari haqida so‘z yuritiladi.

26 yanvar 2022, 17:31

«Xalqimiz vaziyatni to‘g‘ri qabul qilib, sarosimaga tushmadi». Shavkat Mirziyoyev — energotizimdagi nosozliklar haqida

Prezident seshanba kuni energotizimda yuzaga kelgan nosozliklarga munosabat bildirib, uzoq hududlardagi texnogen ofatlar O‘zbekistonga ham o‘z ta’sirini o‘tkazmay qolmasligini ta’kidladi. «Xalqimiz vaziyatni to‘g‘ri qabul qilib, sarosimaga tushmadi. Avvalo sabr-toqatli xalqimizga, shuningdek, barcha soha va idoralar xodimlari, OAV va ijtimoiy tarmoq vakillariga o‘z minnatdorchiligimni bildiraman», — dedi Shavkat Mirziyoyev.

26 yanvar 2022, 01:38

Foto: Energiyasiz tungi Toshkent

Noodatiy qorong‘u ko‘chalar, chiroq tutgan o‘tkinchilar, ishlamaydigan bankomatlar, kun bo‘yi postini tark etmagan yo‘l nazoratchilari — energiyasiz qolgan Toshkent “Gazeta.uz” muxbiri Shuhrat Latipov obyektivida.

25 yanvar 2022, 23:24

Foto: Chiroqsiz Toshkent

Yarim kundan ko‘proq vaqtdan buyon Toshkentning ayrim qismlarida elektr energiyasi mavjud emas. «Gazeta.uz» muxbiri Yevgeniy Sorochin tun soatlarda poytaxt bo‘ylab sayr qildi.

25 yanvar 2022, 23:11

Tartibni saqlashga «IIVning barcha shaxsiy tarkibi jalb etilgan»

IIV butun mamlakat bo‘yicha elektr o‘chishi munosabati bilan jamoat tartibini saqlash, yo‘llarda tartibni ta’minlash va mol-mulklarni qo‘riqlashga barcha shaxsiy tarkib jalb etilganini ma’lum qildi.

25 yanvar 2022, 19:16

Toshkentagi isitish tizimi 3−4 soat ichida to‘liq ishlay boshlaydi

Toshkentdagi markaziy isitish qozonxonalari 3−4 soat oralig‘ida to‘liq ish rejimiga o‘tadi va xonadonlar isiy boshlaydi.

25 yanvar 2022, 18:11

Toshkentda ichimlik suvi ta’minoti 6 soat ichida to‘liq tiklanadi (yangilandi)

Uy-joy kommunal xizmat ko‘rsatish vazirligi Toshkentda 6 soat ichida suv ta’minoti to‘liq tiklanishini ma’lum qildi. Yunusobod, Mirzo Ulug‘bek, Uchtepa, Shayxontohur, Olmazor tumanlariga va Chilonzor tumanining bir qismiga 3 soat ichida suv berish to‘liq tiklanadi.

25 yanvar 2022, 17:55

Metrodan 415 nafar yo‘lovchi evakuatsiya qilindi

FVV qutqaruvchilari poytaxt metropolitenidan 415 nafar yo‘lovchini evakuatsiya qildi. Pop tumanidagi temiryo‘lda yuk poyezdi to‘xtab qolganligi qolganligi uchun undan 40 km uzoqlikda yo‘lovchi poyezd ham to‘xtab qolgan.

25 yanvar 2022, 17:40

Qoraqalpog‘iston va Xorazmda elektr energiyasi ta’minoti to‘liq tiklandi

Qoraqalpog‘iston Respublikasi va Xorazm viloyatida elektr energiyasi ta’minoti to‘liq tiklandi. Energetika vazirligi boshqa hududlarda elektr energiyasi ta’minoti bosqichma-bosqich tiklanishini ma’lum qildi.

25 yanvar 2022, 17:17

Vaziyat shaxsan prezident nazorati ostida — Sherzod Asadov

Prezident matbuot kotibi O‘zbekistonda elektr energiyasi o‘chishi bilan bog‘liq vaziyat prezident nazoratida ekanligini ma’lum qildi. «Barchangizni xotirjamlikni saqlash va sarosimaga tushmaslikka chaqirib qolamiz. Vahimaga o‘rin yo‘q», — deya ta’kidladi u.

25 yanvar 2022, 17:05

O‘zbekneftgaz tizimidagi 64 ta kon hamda neft va gaz ishlab chiqaruvchi korxonalar faoliyati vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda elektr enegriyasi o‘chishi ortidan «O‘zbekneftgaz» tizimidagi 64 ta konlar faoliyati vaqtincha to‘xtatildi. Shuningdek, Buxoro neftni qayta ishlash zavodi, 3 ta gazni qayta ishlovchi zavod (Muborak gazni qayta ishlash zavodi, Sho‘rtan gaz kimyo majmuasi va «Uzbekistan GTL») ham o‘z faoliyatini to‘xtatgan. Hozirda suyultirilgan gaz va neft mahsulotlarini yetkazib berishda uzilishlar mavjud emas.

25 yanvar 2022, 16:28

Energotizimdagi uzilishlar sababini bosh vazir huzuridagi komissiya o‘rganadi

Prezident topshirig‘i bilan elektr energiyasi ta’minotida yuzaga kelgan yirik uzilishlar sababini aniqlash va bartaraf etish bo‘yicha bosh vazir huzurida hukumat komissiyasi tuzildi.

25 yanvar 2022, 15:17

Foto: Toshkent «blekaut» vaqtida

«Gazeta.uz» muxbiri Madina A’zam «blekaut» vaqtida poytaxtni tasvirga oldi. Hozirda Toshkentda elektr energiyasini yetkazib berish qisman tiklangan.

25 yanvar 2022, 14:14

Qutqaruvchilar osma yo‘llardan 80 kishini olib tushdi

Qutqaruvchilar Chimyon va Bildirsoyda elektr energiyasi uzilgan vaqtda osma yo‘llarda qolib ketgan 80 kishini evakuatsiya qildi. Amirsoy kurortida esa elektr tezda qayta tiklangani uchun FVV yordamiga ehtiyoj qolmagan.

25 yanvar 2022, 13:42

Foto: Toshkentdagi «blekaut»

«Gazeta.uz» muxbiri elektrsiz qolgan shahar bo‘ylab sayr qilib, yo‘l nazoratchilarining tirbandliklarni qanday boshqarayotgani, shaharliklarning esa ishlayotgan bankomatlarni qidirayotganiyu qorong‘uda xaridlarni qanday amalga oshirayotganini suratga oldi.

25 yanvar 2022, 11:37

Toshkent metrosi harakati vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekiston va mintaqaning energotizimidagi yirik avariya tufayli, Toshkent metropolitenining barcha yo‘nalishlarida vaqtinchalik metro harakati to‘xtadi. Ko‘chalarda harakatni YPX inspektorlari boshqarmoqda.


"Gazeta.uz"da ro`yxatdan o`tish

Qo`shimcha imkoniyatlarga ega bulish uchun saytda ro`yxatdan o`ting