FVV qutqaruvchilari boshqa xizmatlar bilan birgalikda Toshkent metropoliteni bekatlari oralig‘ida qolib ketgan 415 nafar yo‘lovchini evakuatsiya qilishdi. Bu haqda FVV matbuot xizmati xabar berdi.

Ulardan 135 nafari «Mashinasozlar» bekati, 70 nafari «Bodomzor» va «Minor», 210 nafari «Amir Temur» bekatlari oralig‘ida qolib ketgan bo‘lgan.

Shuningdek, soat 12:10da Namangan viloyati Pop tumani 114−116 km larda yuk poyezdi to‘xtab qolganligi uchun 83 km da yo‘lovchi poyezd vaqtinchalik to‘xtatilgan. Yuk poyezdini zahira yo‘lga olib qo‘yish uchun teplovoz va «Qamchiq» MQYOQBdan maxsus texnikalarda qutqaruvchilar jalb etildi.