Energetika vazirligi Qoraqalpog‘iston Respublikasi va Xorazm viloyatida elektr energiyasi ta’minoti to‘liq tiklanganligi haqida xabar berdi.

Shuningdek, Toshkent shahar, Farg‘ona, Andijon, Surxondaryo va Toshkent viloyatlarida elektr energiyasi ta’minoti qisman tiklandi.

«Ayni paytda respublikamiz hududlarida elektr energiyasi ta’minoti bosqichma-bosqich tiklash ishlari olib borilmoqda. Holat yuzasidan qo‘shimcha ma’lumot berib boriladi», — deyiladi xabarda.

Ma’lumot uchun, 25 yanvar kuni soat 10:57 da Markaziy Osiyoning yagona energotizimidagi yirik avariya natijasida O‘zbekiston hududlarida elektroenergiya ta’minotida uzilishlar ro‘y berdi. Natijada Toshkent shahri, Farg‘ona, Toshkent, Sirdaryo, Jizzax, Samarqand, Buxoro va Qashqadaryo viloyatlarida elek energiyasi o‘chishi holatlari qayd etildi.