«antistrumin» tegli maqolalar


“Antistrumin” dorisini ishlab chiqargan Samo`ning litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi
23 mart 2024, 11:35

“Antistrumin” dorisini ishlab chiqargan Samo`ning litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

Bolalarning ommaviy zaharlanishiga sabab bo‘lgan, yod tarkibli “Antistrumin” tabletkalarini ishlab chiqargan Samo MCHJ qo‘pol qonunbuzilish holatiga yo‘l qo‘ygani aniqlanib, uning litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi.

Bosh prokuratura “Antistrumin” ishi bo‘yicha 3 shifokor ayol hibsga olinganiga munosabat bildirdi
28 noyabr 2023, 09:50

Bosh prokuratura “Antistrumin” ishi bo‘yicha 3 shifokor ayol hibsga olinganiga munosabat bildirdi

“Antistrumin” preparati bilan bog‘liq jinoiy ish doirasida 3 nafar shifokor ayolning hibsga olingani haqidagi ma’lumotlarning tarqatilishi tergovning xolis va obyektiv o‘tkazilishiga to‘sqinlik qilmoqda, deya xabar berdi Bosh prokuratura.

“Antistrumin” ishi bo‘yicha uch shifokor ayol qamoqqa olindi. Vrachlar assotsiatsiyasi prezidentga murojaat yo‘lladi
27 noyabr 2023, 17:29

“Antistrumin” ishi bo‘yicha uch shifokor ayol qamoqqa olindi. Vrachlar assotsiatsiyasi prezidentga murojaat yo‘lladi

Namanganda uch nafar tibbiyot xodimi bolalarning yoddan zaharlanishi bilan bog‘liq ish bo‘yicha ehtiyot chorasi sifatida qamoqqa olindi. Vrachlar assotsiatsiyasi ehtiyot chorasini yengilrog‘iga o‘zgartirishni so‘rab, prezidentga xat yo‘lladi.

SSV “Antistrumin” voqeasi “peredozirovka” ekanini 100 foiz tan oladi — Amrillo Inoyatov
15 noyabr 2023, 12:24

SSV “Antistrumin” voqeasi “peredozirovka” ekanini 100 foiz tan oladi — Amrillo Inoyatov

Sog‘liqni saqlash vaziri Amrillo Inoyatov sentabrda bolalar yod tarkibli “Antistrumin” dorisidan ommaviy zaharlangani haqida gapirib, preparatni berishda doza oshirib yuborilganini tan oldi. Avvalroq uning o‘rinbosari Elmira Bositxonova holat sababi dori emas, O‘RVI bo‘lishi mumkinligini bildirgandi.

“Ota-onalarning dardini ko‘rib yig‘ladim. Ulardan biri mening ham farzandim bo‘lishi mumkin edi”. Doniyor G‘aniyev — “Dok-1 Maks” haqida
14 noyabr 2023, 20:33

“Ota-onalarning dardini ko‘rib yig‘ladim. Ulardan biri mening ham farzandim bo‘lishi mumkin edi”. Doniyor G‘aniyev — “Dok-1 Maks” haqida

Deputat Doniyor G‘aniyev “Dok-1 Maks” ishi bo‘yicha sudda ota-onalarning dardini ko‘rib yig‘laganini aytdi. Shundan kelib chiqib, u SSV rahbari Amrillo Inoyatovdan “qanday hulosa chiqardinglar, siyosiy javobgarlik bo‘ladimi, bunday qo‘pol xato qayta takrorlanmaydi deb va’da berolasizlarmi?” deya so‘radi. Video.

“Antistrumin” ishlab chiqaruvchi Samo va uning sobiq ta’sischisi Nodir Yunusov haqida nimalar ma’lum?
30 sentabr 2023, 08:35

“Antistrumin” ishlab chiqaruvchi Samo va uning sobiq ta’sischisi Nodir Yunusov haqida nimalar ma’lum?

“Antistrumin” tabletkalarini ishlab chiqaruvchi Samo farmatsevtika kompaniyasi hamta’sischisi Nodir Yunusov AQShda qidiruvda ekani aniqlandi. Yod preparati bilan bog‘liq mojaro fonida u ta’sischilar safidan chiqdi. U va Samo kompaniyasi haqida nimalar ma’lum?

“Bu mavzuga chuqur kirmanglar”. SSV rahbari jurnalistlarga “Antistrumin” dorisi bo‘yicha maslahat berdi
27 sentabr 2023, 16:44 1

“Bu mavzuga chuqur kirmanglar”. SSV rahbari jurnalistlarga “Antistrumin” dorisi bo‘yicha maslahat berdi

SSV rahbari Amrillo Inoyatov seshanba kuni jurnalistlar bilan uchrashuvda “Antistrumin” dorisi mavzusiga chuqur kirmaslikni maslahat berdi. “Bu mavzu bilan shug‘ullanayotgan odamlar bor. Nima bo‘lsa ham, o‘zi tekshiradi, o‘zi javobini beradi. Bu mavzuga chuqur kirmanglar”, — dedi vazir.

O‘zbekiston SSV Samo kompaniyasidan qariyb 22 mlrd so‘mlik yod preparatini tendersiz sotib olgan
26 sentabr 2023, 23:24

O‘zbekiston SSV Samo kompaniyasidan qariyb 22 mlrd so‘mlik yod preparatini tendersiz sotib olgan

O‘zbekiston Sog‘liqni saqlash vazirligi Samo kompaniyasidan tendersiz 3,55 mln quti “Antistrumin” (kaliy yodid) preparatini qariyb 22 mlrd so‘mga sotib olgan. 2022-yilda dorining bir qadog‘i 5500 so‘mdan xarid qilingan bo‘lsa, joriy yilda 6500 so‘mdan sotib olingan. Chakana savdoda esa 3000 so‘mdan sotilgan.

SSV Prezident administratsiyasi intervyu berishni taqiqlamaganini ma’lum qildi
26 sentabr 2023, 20:38

SSV Prezident administratsiyasi intervyu berishni taqiqlamaganini ma’lum qildi

O‘zbekiston SSV Prezident administratsiyasi vazirga “Antistrumin” qabul qilgan bolalarda nojo‘ya ta’sirlar kuzatilayotgani bilan bog‘liq vaziyat haqida intervyu berishni taqiqlamaganini ma’lum qildi. Bu haqda avvalroq jurnalistlarga o‘zini vazir yordamchisi deb atagan shaxs aytgan edi.

“Bizni dori haqida ogohlantirishmadi” — Toshkentda kaliy yodid ichganidan so‘ng xastalangan bolalarning ota-onalari
26 sentabr 2023, 14:02

“Bizni dori haqida ogohlantirishmadi” — Toshkentda kaliy yodid ichganidan so‘ng xastalangan bolalarning ota-onalari

Toshkentda o‘nlab bolalar RSHTYOIM toksikologiya bo‘limiga zaharlanish alomatlari, isitma, oshqozon buzilishi bilan yotqizildi. Ota-onalar ular yod ichganidan so‘ng xastalanganini ma’lum qilmoqda. Shifokorlar esa holatning preparat bilan hech qanday aloqasi yo‘qligini aytdi. “Gazeta.uz” vaziyatni o‘rgandi.

“Antistrumin” ishlab chiqaruvchi Samo zavodida tekshirish boshlandi
25 sentabr 2023, 21:04

“Antistrumin” ishlab chiqaruvchi Samo zavodida tekshirish boshlandi

“Antistrumin” yod preparatini ishlab chiqaruvchi Samo kompaniyasi faoliyati tekshirilmoqda. Nojo‘ya ta’sirlar tufayli kasalxonaga yotqizilgan bolalarning ota-onalari ushbu preparatni qo‘llash sabab bo‘lgan deb taxmin qilishmoqda. Rasmiylar esa bolalarda O‘RVI bo‘lishi mumkin degan fikrda.

O‘zbekistonda bolalarning ommaviy zaharlanishi holati yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi
23 sentabr 2023, 19:40

O‘zbekistonda bolalarning ommaviy zaharlanishi holati yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi

Prezident yordamchisi Saida Mirziyoyeva O‘zbekistonda bolalarning ommaviy zaharlanishi holati yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilganini ma’lum qildi. Ayni paytda ish Namangan viloyat prokuraturasidan Bosh prokuraturaga o‘tkazilgan.

O‘zbekistonda “Antistrumin” №100 (kaliy yodid) iste’moli vaqtinchalik taqiqlandi
22 sentabr 2023, 20:20

O‘zbekistonda “Antistrumin” №100 (kaliy yodid) iste’moli vaqtinchalik taqiqlandi

Namangan viloyatida 71 nafar bola zaharlanganidan so‘ng O‘zbekiston Sog‘liqni saqlash vazirligi tomonidan o‘rganishlar yakuniga yetguniga qadar tarkibida yod bo‘lgan “Antistrumin” №100 mahalliy dori vositasidan foydalanishga taqiq joriy etildi.


"Gazeta.uz"da ro‘yxatdan o‘tish

Qo‘shimcha imkoniyatlarga ega bulish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting