2024−2025 o‘quv yili uchun abituriyentlarni ro‘yxatga olish 5-iyunda boshlanib, 25-iyunga qadar davom etadi. Davlat oliy va professional ta’lim muassasalariga kirish imtihonlari iyul-avgust oylarida o‘tkaziladi.
Davlat OTMlari bakalavriatiga kirish test sinovlari natijalariga ko‘ra, 193 421 nafar abituriyent talabalikka tavsiya etildi (shundan 42,6 mingi grant asosida). Davlat granti asosida o‘rtacha ball 119,3 ni, to‘lov-kontraktniki esa 93,3 ballni tashkil etdi.
2023-yilda 888 ming 472 nafar abituriyent test sinovlarida qatnashdi, ularning 439 ming 337 nafari (49,4%) o‘tish balining eng quyi chegarasi bo‘lgan 56,7 ballni to‘play olmadi. Shuningdek, 60 mingga yaqin nomzod kirish imtihonida ishtirok etmadi.
Fotosuratchi Xolida Musulmon 2022-yil iyul oyida Jizzax viloyatidagi xonadonlarning birida tashkil etilgan abituriyentlarning o‘ziga xos tayyorlov markazida ikki kun yashab, ularning o‘qish va turmush sharoitlarini tasvirga tushirgan edi. “Gazeta.uz” uning fotohikoyasini taqdim etadi.
2023/2024 o‘quv yilida kontrakt kvotalari 1 foizga, grantniki esa 10 foizga oshdi. Bunda 10 foiz ko‘proq yoshlarning grant asosida o‘qishiga imkoniyat yaratilyapti, deya ta’kidladi Oliy ta’lim vazirligi departamenti boshlig‘i Abduvali Xoliqov.
2022 yilda DTM tomonidan qoidalarni buzgan abituriyentlar 5−7 yilgacha testdan chetlatilishi bo‘yicha taklif kiritilgandi. Adliya vazirligi bu taklifni «inson huquqlariga to‘g‘ri kelmagani» uchun rad etgan.
Korrupsiyaga qarshi kurashish hamda Yoshlar ishlari agentliklari rahbarlari, jurnalist, inson huquqlari bo‘yicha huquqshunos, «Yuksalish» UMH rahbari, mentor va bloger 2022 yilda oliy ta’lim muassasalariga hujjat topshirgan abituriyentlarga o‘z maslahatlari va tilaklarini bildirishdi.
OTMlarga kirish uchun test sinovlari 8 avgustdan boshlanadi hamda stadion va xiyobonlarda o‘tkaziladi. Imtihonlar ikki smenada 20 avgustga qadar bo‘lib o‘tadi. «Abituriyent ruxsatnomasi» esa 4 avgustdan beriladi.
2022-yilda OTMlarga kirish uchun jami 1 mln 214 ming 232 nafar abituriyent hujjat topshirdi. Ularning 67 foizi avvalgi yillar bitiruvchilari hisoblanadi. Abituriyentlarning yarmidan ko‘pi kunduzgi ta’limni, 8,3 ming nafari esa masofaviy ta’limni tanlagan.
DTM rahbari Majit Karimov joriy yilgi test sinovlarini o‘tkazishdagi muhim o‘zgarishlarni sanab o‘tdi. Jumladan, uning so‘zlariga ko‘ra, bu yil 2 mln nafarga yaqin talabgor test sinovidan o‘tkazilishi prognoz qilinmoqda. Ayni paytda uchta viloyatda test sinovlarini yil davomida o‘tkazishga mo‘ljallangan binolar qurilmoqda. Shuningdek, u qoidalarni buzgan abituriyentlar 5−7 yilgacha testdan chetlatilishi mumkinligini ma’lum qildi.
Prezidentlikka nomzod Maqsuda Vorisova OTMga kirish imtihonlari natijalarini (mandat) e’lon qilish kechikayotganligi uchun Davlat test markazini tanqid qildi. U DTM faoliyatini butunlay qaytadan ko‘rib chiqish kerakligini ta’kidladi. Markaz ketma-ket uchinchi yil mandat e’lon qilish muddatini buzmoqda.
DTM bu yil o‘quv yurtlariga kirish imtihonlari uchun ro‘yxatdan o‘tishda abituriyentlardan jami 80 mlrd so‘mdan ko‘proq mablag‘ kelib tushganini ma’lum qildi.
Kirish imtihonlari natijalaridan norozi bo‘lgan abituriyentlar Davlat test markazi binosi oldida to‘planishdi. Natijalar hisoblanganda, ularning harbiy xizmat imtiyozlari hisobga olinmagan.
Qo‘shimcha imkoniyatlarga ega bulish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting