AOKA zalida o‘tkazilgan matbuot anjumanida Davlat test markazi direktori o‘rinbosari Sardor Rajabov abituriyentlardan jami 80 mlrd so‘mdan ko‘proq mablag‘ kelib tushgani haqida ma’lum qildi, deya xabar berdi O‘zA.

DTM direktor o‘rinbosari imtihonlar o‘tkazilgan stadionlarning faqat 2−3 tasi bilan shartnoma tuzilib, mablag‘ o‘tkazib berilganini aytib o‘tdi. Qolgan stadionlar hokimliklar tomonidan taqdim etilgan. Ya’ni, ularga DTM mablag‘lari sarflanmagan.

Eslatib o‘tamiz, maktabni avvalgi yillarda bitirgan abituriyentlar test sinovlarida ishtirok etish uchun 111 ming 500 so‘m miqdorida to‘lovni amalga oshirishgan.