Toshkentda o‘tayotgan boks bo‘yicha erkaklar o‘rtasidagi jahon chempionatida o‘zbekistonlik sportchilar ikki kun ichida yana 9 ta g‘alabaga erishdi, bir marta mag‘lubiyatga uchradi. Bu haqda boks federatsiyasi matbuot xizmati xabar bermoqda.

8-may

-54 kg vazn toifasida Oybek Jo‘rayev ilk jangida serbiyalik Tamir Galanovni (5:0) mag‘lub etib, jahon chempionatining keyingi bosqichiga yo‘l oldi.

aiba, boks2023, jahon чемпионати, тошкент

Lazizxon Mullojonov (-92 kg) gruziyalik Georgiy Tchiladzega hech qanday imkoniyat qoldirmadi, yakunda uni 5:0 hisobida mag‘lubiyatga uchratdi.

aiba, boks2023, jahon чемпионати, тошкент

-60 kg vazn toifasida jang qilayotgan Mujibillo Tursunov ham uchinchi jangini muvaffaqiyatli yakunlab, marokashlik Mohamed Xamutni mag‘lubiyatga uchratdi (5:0) va chorak final yo‘llanmasini qo‘lga kiritdi.

aiba, boks2023, jahon чемпионати, тошкент

Qozog‘istonlik Sag‘indiq Tog‘amboyga qarshi ringga ko‘tarilgan andijonlik bokschilardan biri Shohjaxon Abdullayev (-86 kg) raqibini 5:0 hisobida yutib, chorak final yo‘llanmasiga ega chiqdi.

aiba, boks2023, jahon чемпионати, тошкент

Eng yengil 48 kg vazn toifasida ishtirok etayotgan Shodiyorjon Meliqo‘ziyev qozog‘istonlik Sanjar Tashkenbayga imkoniyatni boy berib qo‘ydi.

aiba, boks2023, jahon чемпионати, тошкент

9-may

-75 kg vazn toifasida Aloxon Abdullayev serbiyalik Almir Memichni mag‘lub etib, chorak finalga yo‘l oldi.

aiba, boks2023, jahon чемпионати, тошкент

Rio-2016 olimpiya chempioni Xasanboy Do‘smatov (-51 kg) kubalik raqibi Erislan Romeroni 5:0 hisobida mag‘lub etdi. Bu kubaliklarning turnirdagi ilk mag‘lubiyati bo‘ldi.

aiba, boks2023, jahon чемпионати, тошкент

Bir kun avval serbiyalik bokschini mag‘lub etgan Oybek Jo‘rayev ushbu davrada albaniyalik Ariol Zeneli ustidan 5:0 hisobda g‘alaba qozondi.

aiba, boks2023, jahon чемпионати, тошкент

Farg‘onalik bokschi Asadxo‘ja Muydinxo‘jayev (-67 kg) belaruslik sportchi Kirill Samodurovni (5:0) mag‘lub etdi.

aiba, boks2023, jahon чемпионати, тошкент

-71 kg vazn toifasidagi Saijmashid Jafarov jangsiz chempionatning keyingi bosqichiga yo‘l oldi. Puerto-rikolik Gabriyel Lanos jarohati tufayli ringga chiqa olmadi.

10-may kuni yarim final yo‘llanmalari o‘ynaladi.

O‘zbekiston terma jamoasining 11 nafar charm qo‘lqop ustalari chorak finalga chiqdi:

-51 kg: Hasanboy Do‘smatov — Tomoya Suboi (Yaponiya) (Do‘smatov chorak finalda yaponiyalik raqibga qarshi ringga ko‘tarildi va 4:3 hisobida g‘alabaga erishdi va yarim finalga yo‘l oldi);
-57 kg: Abdumalik Xaloqov — Ishish Yusuf (Iordaniya);
-63,5 kg: Ruslan Abdullayev — Lounes Xamraoui (Fransiya) (A ring, 15:10 dan keyin);
-71 kg: Saidjamshid Jafarov — Igor Sviridchenkov (Rossiya) (B ring, 15:25 dan keyin);
-92 kg: Lazizbek Mulloxonov — Sezar La Kruz (Kuba) (A ring, 16:25 dan keyin);
-54 kg: Oybek Jurayev — Gabriyel Eskobar (Ispaniya) (B ring, 18:40 dan keyin);
-60 kg: Mujibillo Tursunov — Vsevolod Shumkov (Rossiya) (B ring, 18:55 dan keyin);
-67 kg: Asadxuja Mo‘ydinxo‘jayev — Roniyel Igletsias (Kuba) (B ring, 19:25 dan keyin);
-75 kg: Aloxon Abdullayev — Filipp Aqilov (Vengriya) (B ring, 19:55 dan keyin);
-86 kg: Shohjaxon Abdullayev — Alfonso Dominges (Ozarbayjon) (A ring, 20:25 dan keyin);
+92 kg: Bahodir Jalolov — Qamshibek Konkaboyev (Qozog‘iston) (B ring, 21:10 dan keyin).