Chilonzorda ko‘chani kengaytirish bahonasida 100 ga yaqin daraxtga shikast yetkazildi
6 avgust 2022, 22:51

Chilonzorda ko‘chani kengaytirish bahonasida 100 ga yaqin daraxtga shikast yetkazildi

Toshkentda ko‘chani kengaytirish va «obodonlashtirish» bo‘yicha qabul qilingan navbatdagi qaror natijasida 100 ga yaqin ko‘p yillik daraxtga zarar yetkazildi. Jamoatchilik noroziligidan so‘ng loyiha qayta ko‘rib chiqildi, ammo ba’zi daraxtlar qurib qolishi mumkin.

Oybek Noriboyev: Aholi o‘rtasida sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qilish — asosiy maqsadimiz
6 avgust 2022, 18:41

Oybek Noriboyev: Aholi o‘rtasida sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qilish — asosiy maqsadimiz

O‘zbekiston etnosport assotsiatsiyasi tashkil etilganiga bir yil to‘ldi. Assotsiatsiya raisi Oybek Norinbayev ushbu tashkilot oldida turgan asosiy vazifalar, milliy sport turlari va xalq o‘yinlarining jamiyat hayotidagi o‘rni va ahamiyati, shuningdek, tashkilot oldida turgan muhim vazifalar haqida ma’lumot berdi.

Toshkent xalqaro aeroporti rekonstruksiyasi 2023-yilda yakunlanadi
6 avgust 2022, 17:52

Toshkent xalqaro aeroporti rekonstruksiyasi 2023-yilda yakunlanadi

Toshkent xalqaro aeroporti va vokzal oldidagi maydonni rekonstruksiya qilish ishlari 2023-yil oxirigacha yakunlanadi. O‘tkazuvchanlik ikki martaga ortadi. Aeroport taksi operatorini tanladi, tariflar kelishilgan holda belgilanadi. Avtoturargoh avtomatlashtiriladi, onlayn joy tanlash va to‘lash imkoni yaratiladi.

1-yanvardan advokatlik faoliyati elektron tizim orqali litsenziyalanadi
6 avgust 2022, 16:14

1-yanvardan advokatlik faoliyati elektron tizim orqali litsenziyalanadi

Hukumat qarori bilan 1-yanvardan advokatlik faoliyati maxsus elektron tizim orqali litsenziyalanadi. Talabgor yuridik mutaxassislik bo‘yicha kamida 2 yillik, advokatlik tuzilmasida esa 3 oylik tajribaga ega bo‘lishi kerak. Malaka imtihonidan muvaffaqqiyatli o‘tganlarga cheklanmagan muddatga litsenziya beriladi.

Toshkentda Tesla Model X avariyaga uchradi
6 avgust 2022, 14:26

Toshkentda Tesla Model X avariyaga uchradi

Toshkentda Tesla Model X va Cobalt avtomobillari to‘qnashdi. Buning oqibatida elektromobil qatnov qismidan chiqib ketdi. Jabrlanganlar yo‘q.

Yil boshidan beri o‘qishga kiritish bilan bog‘liq 127 ta jinoyat aniqlandi
6 avgust 2022, 12:30

Yil boshidan beri o‘qishga kiritish bilan bog‘liq 127 ta jinoyat aniqlandi

Yil boshidan buyon o‘qishga kiritish bilan bog‘liq 127 ta jinoyat fosh etildi, shundan 34 tasi o‘qishni xorijdan O‘zbekistonga ko‘chirish bilan bog‘liq. Hududlar kesimida eng ko‘p jinoyat Andijon, Farg‘ona va Toshkent shahriga to‘g‘ri kelmoqda. 200 nafar huquqbuzardan 31 nafari ta’lim sohasida ishlashi ma’lum bo‘ldi.

O‘zbekistonda kiberxavfsizlik ta’minlangan davlat tashkilotlarining Top-10 taligi e’lon qilindi
6 avgust 2022, 11:00

O‘zbekistonda kiberxavfsizlik ta’minlangan davlat tashkilotlarining Top-10 taligi e’lon qilindi

Kiberxavfsizlik ta’minlangan vazirlik va idoralarning Top-10 taligi e’lon qilindi. Reytingda Adliya vazirligi (97.3 ball), Markaziy bank (97 ball), Statistika qo‘mitasi (95.2 ball) va Bojxona qo‘mitasi (95.1 ball) yuqori o‘rinlarni egalladi.

Nima tayyorlaymiz: Shaftolili shirinliklar
6 avgust 2022, 10:00

Nima tayyorlaymiz: Shaftolili shirinliklar

Shaftolili «Svetayevskiy» pirogi, shaftolili yozgi pirog, shaftoli bilan tayyorlangan qovunli va malinali smuzilar, shaftolili muzqaymoq, shaftoli va tvorogli xamirdan qilingan pirog, shaftolili limonad va boshqalar — Zira.uz turli xil shirin shaftolili shirinliklar retseptlari ro‘yxatini taqdim etadi.

O‘zbekiston shaxmat olimpiadasida Peruni mag‘lub etib, ikkinchi o‘ringa ko‘tarildi
6 avgust 2022, 09:46

O‘zbekiston shaxmat olimpiadasida Peruni mag‘lub etib, ikkinchi o‘ringa ko‘tarildi

Shaxmat olimpiadasining yettinchi turida O‘zbekiston erkaklar terma jamoasi Peru ustidan g‘alaba qozonib, ikkinchi o‘ringa ko‘tarilib oldi. Jamoa hali turnirda mag‘lub bo‘lmagan beshta davlatdan biri bo‘lib turibdi. Ayollar terma jamoasi esa Serbiyaga imkoniyatni boy berdi.

O‘zbekiston TIV Ozarbayjonning Londondagi elchixonasiga qilingan hujumni qoraladi
6 avgust 2022, 09:40

O‘zbekiston TIV Ozarbayjonning Londondagi elchixonasiga qilingan hujumni qoraladi

O‘zbekiston TIV Londondagi Ozarbayjon elchixonasiga uyushtirilgan hujumni qat’iy qoraladi. Hujumchilar Ozarbayjon bayrog‘ini yirtib tashlagan va binoga arabcha yozuvlar yozib qo‘ygan. Sakkiz kishi hibsga olingan.

Marjona Xudoyqulova taekvondo bo‘yicha JCH vitse-chempioni bo‘ldi
6 avgust 2022, 09:32

Marjona Xudoyqulova taekvondo bo‘yicha JCH vitse-chempioni bo‘ldi

Bolgariyada bo‘lib o‘tayotgan taekvondo WT bo‘yicha o‘smirlar o‘rtasidagi jahon chempionatida o‘zbekistonlik Marjona Xudoyqulova hamda Nazarali Nazarov kumush, Gulshanoy Ismoilova esa bronza medalini qo‘lga kiritdi.

5 avgust kuni O‘zbekistonda sodir bo‘lgan eng muhim xabarlar dayjesti
5 avgust 2022, 22:00

5 avgust kuni O‘zbekistonda sodir bo‘lgan eng muhim xabarlar dayjesti

Issiq dam kunlari, soliq maslahatiga oid yangi qonun, Navoiyda ochiladigan Xalqaro shaxmat maktabi, deputatlar oldida hisobot beradigan IIB boshliqlari, Nukusdagi holat haqidagi «Gazeta.uz» maqolasini «yolg‘on» degan deputat, asorat bilan tug‘ilayotgan chaqaloqlar va boshqalar — «Gazeta.uz» da kun dayjesti.

Samarqand viloyatida Damas avtomobilida 18 yo‘lovchi tashildi
5 avgust 2022, 20:53

Samarqand viloyatida Damas avtomobilida 18 yo‘lovchi tashildi

Samarqand viloyatining Oqdaryo tumanida to‘xtatilgan Damas avtomobilida 18 nafar yo‘lovchi — kattalar va bolalar olib ketilayotgani aniqlandi.

Qirg‘izistonda o‘zbekistonliklar tranziti uchun sharoit yaratish so‘ralmoqda
5 avgust 2022, 18:31

Qirg‘izistonda o‘zbekistonliklar tranziti uchun sharoit yaratish so‘ralmoqda

Qirg‘izistonda deputat hukumatdan O‘sh aeroportida taksichilar ustidan shikoyat qilayotgan o‘zbekistonlik yo‘lovchilarning tranziti uchun qulay shart-sharoitlar yaratishni so‘radi. «O‘zbekiston fuqarolari O‘sh orqali o‘zlariga xush kelganidan uchib o‘tayotgani yo‘q. Shunda chipta 150 dollarga arzonroq bo‘ladi», — deydi u.

Navoiyda Xalqaro shaxmat maktabi ochiladi
5 avgust 2022, 17:12

Navoiyda Xalqaro shaxmat maktabi ochiladi

Prezident qaroriga ko‘ra, Navoiydagi “To‘dako‘l” dam olish bazasida Xalqaro shaxmat maktabi tashkil etiladi. Qolaversa, 2023-yildan boshlab har yili mukofoti 50 ming dollarlik “Women's Chess Championship” xalqaro turniri hamda “Uzbekistan Chess Open” xalqaro turniri o‘tkaziladi.

Toshkentda avtomobil urib yuborishi natijasida piyoda halok bo‘ldi
5 avgust 2022, 16:54

Toshkentda avtomobil urib yuborishi natijasida piyoda halok bo‘ldi

Toshkentning Abdulla Qodiriy ko‘chasida Lacetti avtomobili haydovchisi bir insonni urib yubordi. Piyoda voqea joyida vafot etgan.

Davlat xizmatchilari daromadini deklaratsiya qiluvchi tizim tayyor, qonunni qabul qilish qoldi — Akmal Burxonov
5 avgust 2022, 16:52

Davlat xizmatchilari daromadini deklaratsiya qiluvchi tizim tayyor, qonunni qabul qilish qoldi — Akmal Burxonov

Davlat xizmatchilari daromadlarini deklaratsiya qilishga oid tizim va qonun loyihasi allaqachon tayyor, dedi Antikorrupsiya agentligi rahbari. U keyinroq qonun loyihasi xalqaro tashkilotlar e’tirozi tufayli takomillashtirilayotganini aytdi. Prezident farmoniga muvofiq, tizim 1 yanvardayoq ishga tushishi kerak edi.

So‘rovda qatnashgan deyarli 40% yoshlar pora berishni korrupsiya deb hisoblamaydi — Antikorrupsiya agentligi rahbari
5 avgust 2022, 16:44

So‘rovda qatnashgan deyarli 40% yoshlar pora berishni korrupsiya deb hisoblamaydi — Antikorrupsiya agentligi rahbari

O‘tkazilgan so‘rovga ko‘ra, 39 foiz yoshlar pora berishni korrupsiya deb hisoblamaydi, dedi Antikorrupsiya agentligi rahbari. Senator Mahmud Parpiyevning aytishicha, bu korrupsiyaga qarshi kurashda amalga oshirilishi lozim bo‘lgan ko‘plab ishlardan dalolat beradi.

Shaxmat bo‘yicha xalqaro turnir sovrindorlari va ularning trenerlariga pul mukofoti beriladi
5 avgust 2022, 15:49

Shaxmat bo‘yicha xalqaro turnir sovrindorlari va ularning trenerlariga pul mukofoti beriladi

Prezident qarori bilan xalqaro nufuzli musobaqalarda sovrindor bo‘lgan sportchilarga pul mukofotlari beriladi. Jumladan, Butunjahon shaxmat olimpiadasi g‘olibi — 600 mln so‘m bilan mukofotlanadi. Qolaversa, sovrindorlarning trenerlari ham shogirdi mukofotining yarmiga teng miqdorda pul oladi.

Soliq maslahatiga oid yangi qonun qabul qilindi
5 avgust 2022, 15:21

Soliq maslahatiga oid yangi qonun qabul qilindi

«Soliq maslahatiga oid faoliyat to‘g‘risida»gi qonun qabul qilindi. Unga ko‘ra, soliq maslahatchisi mijozga soliqlar va yig‘imlarni hisoblash, to‘lash, hisobot tayyorlashda ko‘maklashishi, qolaversa, sudlar va huquqni muhofaza qiluvchi organlarda vakil sifatida qatnashishi mumkin. Yangi tartib oktabrdan kuchga kiradi.


"Gazeta.uz"da ro‘yxatdan o‘tish

Qo‘shimcha imkoniyatlarga ega bulish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting