2−7 avgust kunlari Bolgariyaning Sofiya shahrida o‘tkazilayotgan taekvondo WT bo‘yicha o‘smirlar o‘rtasidagi jahon chempionatida o‘zbekistonlik taekvondochilar ikkita kumush va bitta bronza medalini qo‘lga kiritdi. Bu haqda O‘zbekiston taekvondo WT assotsiatsiyasi matbuot xizmati xabar berdi.

-52 kg vazn toifasidagi bellashuvlarda Marjona Xudoyqulova dayanda Janubiy Koreya terma jamoasi a’zosi Yon Soga mag‘lub bo‘ldi va musobaqa kumush medalini qo‘lga kiritdi.

Yana bir o‘zbekistonlik taekvondochi Gulshanoy Ismoilova esa -42 kg vazn toifasida turkiyalik Hayrunnisa Gurbuzga imkoniyatni boy berdi va bronza medaliga ega bo‘ldi. Ushbu vaznda eronlik Sogand Shiri oltin, Gurbuz esa kumush medalini qo‘lga kiritdi.

Erkaklar o‘rtasidagi bahslarda -63 kg vazn toifasida Nazarali Nazarov kumush medalga sazovor bo‘ldi. U finalda eronlik Matin Rezaiga mag‘lub bo‘ldi.