6 avgust kuni ertalab soat 8:30 atrofida Toshkent shahrining Chilonzor tumani Muqimiy va Arnasoy ko‘chalari chorrahasida Tesla Model X (1977 yilda tug‘ilgan haydovchi boshqargan) va Cobalt (1990 y.t. haydovchi boshqaruvidagi) avtomobillar ishtirokida YTH sodir bo‘ldi. Bu haqda O‘zbekiston IIV YHXB matbuot xizmati xabar berdi.

Mashinalar old qismlari bilan to‘qnashib ketgan va ular shikastlangan. Hodisa natijasida Tesla yo‘l chetiga chiqib ketgan va chap g‘ildiraklari bilan ariqga qulagan. Qolaversa, elektromobildagi xavfsizlik yostiqchalari o‘z vaqtida ishlagan.

Baxtsiz hodisa tafsilotlari ochiqlanmadi. Suratlarga ko‘ra, to‘qnashuv Cobalt burilayotgan vaqtda sodir bo‘lgan bo‘lishi mumkin. YHXB ma’lumotlariga ko‘ra, YTH oqibatida jabrlanganlar yo‘q.

Mazkur holat yuzasidan poytaxt IIB xodimlari tomonidan tergov harakatlari olib borilmoqda.