Nodirbek Abdusattorov Magnus Karlsen o‘ynaydigan Norway Chess turnirida ishtirok etadi
29 may 2023, 12:53

Nodirbek Abdusattorov Magnus Karlsen o‘ynaydigan Norway Chess turnirida ishtirok etadi

Grossmeyster Nodirbek Abdusattorov shaxmat bo‘yicha eng nufuzli turnirlardan biri — Norway Chess musobaqasida ishtirok etadi, unda Magnus Karlsen, Aliriza Firuzja va dunyoning boshqa kuchli shaxmatchilari qatnashadi.

Buxoroda erkak xotinini rashk sabab pichoqlab o‘ldirdi
29 may 2023, 12:18

Buxoroda erkak xotinini rashk sabab pichoqlab o‘ldirdi

Kogon shahrida er xotinini rashk sabab pichoqlab o‘ldirdi. Janjalni ajratmoqchi bo‘lgan erkakning onasi ham jarohat oldi.

Toshkentdagi bog‘chada bolalar tanasiga uxlamagani uchun igna sanchilgani aniqlandi
29 may 2023, 11:46

Toshkentdagi bog‘chada bolalar tanasiga uxlamagani uchun igna sanchilgani aniqlandi

Yangihayot tumanidagi 122-sonli bog‘chaga amaliyot o‘tash uchun kelgan kollej o‘quvchisi uxlamagan bolalarning tanasiga igna tiqib olgani aniqlandi. U amaliyotdan chetlatildi, holat yuzasidan surishtiruv olib borilmoqda.

“Har qanday xavfni bartaraf etishimiz kerak”. Energetika vaziri — O‘zbekistonda AES qurilishi haqida
29 may 2023, 11:27

“Har qanday xavfni bartaraf etishimiz kerak”. Energetika vaziri — O‘zbekistonda AES qurilishi haqida

O‘zbekiston “Rosatom” bilan AES qurish masalasini muhokama qilishda davom etmoqda va parallel ravishda kichik atom reaktorlari sohasidagi yutuqlarni o‘rganmoqda. “AES qurish davlat uchun juda jiddiy majburiyatdir. Biz har qanday xavfni bartaraf etishimiz kerak”, — dedi energetika vaziri Jo‘rabek Mirzamahmudov.

Andijonda kanalga tushib ketgan qizni qutqarmoqchi bo‘lgan yigit halok bo‘ldi
29 may 2023, 10:52

Andijonda kanalga tushib ketgan qizni qutqarmoqchi bo‘lgan yigit halok bo‘ldi

Marhamat tumanida 20 yoshli yigit kanalga tushib ketgan qizni qutqarmoqchi bo‘lib, o‘zi cho‘kib ketdi. Qiz boshqa odamlar tomonidan qutqarildi, yigitning jasadi oradan 3 kun o‘tib topildi.

O‘zbekistonda hafta davomida havo issiq bo‘ladi, ayrim joylarda yomg‘ir yog‘ishi mumkin
29 may 2023, 10:44

O‘zbekistonda hafta davomida havo issiq bo‘ladi, ayrim joylarda yomg‘ir yog‘ishi mumkin

O‘zbekistonda ish haftasi davomida kam bulutli va quruq ob-havo saqlanib turadi. Faqat ayrim tog‘li hududlarda qisqa muddatli yomg‘ir yog‘ishi mumkin. Harorat kechalari +15…+20 daraja, kunduzi +35…+37 darajagacha bo‘ladi.

Banklarda dollarning sotuv kursi 11 440 — 11 475 so‘m etib belgilandi
29 may 2023, 10:22

Banklarda dollarning sotuv kursi 11 440 — 11 475 so‘m etib belgilandi

Tijorat banklari 29-may kuni aholidan 1 AQSh dollarini 11 360 — 11 415 so‘mdan sotib olmoqda, sotuv kursi esa 11 440 — 11 475 so‘m.

Turkiya MSK Erdog‘anning prezidentlik saylovlarida g‘alaba qozonganini e’lon qildi
29 may 2023, 10:02

Turkiya MSK Erdog‘anning prezidentlik saylovlarida g‘alaba qozonganini e’lon qildi

Turkiya MSK rahbari bo‘lib o‘tgan prezidentlik saylovlarida avvalroq 52,15 foiz ovoz olgan Erdog‘an g‘alaba qozonganini ma’lum qildi. U xalqqa “demokratiya bayrami” uchun minnatdorlik bildirdi, muxolifat nomzodi Qilichdaro‘g‘li esa saylovlarni oxirgi yillardagi eng adolatsiz saylovlardan biri deb atadi.

Samarqandda fuqarolarni $30 ming evaziga AQShga jo‘natmoqchi bo‘lgan erkak ushlangani aytilmoqda
29 may 2023, 09:58

Samarqandda fuqarolarni $30 ming evaziga AQShga jo‘natmoqchi bo‘lgan erkak ushlangani aytilmoqda

Samarqandda 30 ming dollar evaziga fuqarolarni Meksika orqali AQShga noqonuniy yuborishga kelishib, shundan 10 ming dollarni olishda gumon qilingan shaxsni ushlandi.

Farg‘onada Milliy gvardiya va tez yordam mashinalari to‘qnashdi
29 may 2023, 09:36

Farg‘onada Milliy gvardiya va tez yordam mashinalari to‘qnashdi

Quvasoyda Qo‘riqlash boshqarmasi va tez yordam mashinalari o‘rtasida YTH sodir bo‘ldi. Oqibatda ikki fuqaro yengil va o‘rta darajadagi tan jarohati oldi. Holat bo‘yicha tergovga qadar tekshiruv boshlandi.

Tehrondan Pekinga uchayotgan samolyot Toshkent aeroportiga favqulodda qo‘ndi
29 may 2023, 09:25

Tehrondan Pekinga uchayotgan samolyot Toshkent aeroportiga favqulodda qo‘ndi

Mahan Air aviakompaniyasining Tehrondan Pekinga uchayotgan samolyoti Toshkentga favqulodda qo‘ndi. Bunga yo‘lovchining yurak xurujiga uchragani sabab bo‘ldi. U tibbiy muassasaga yotqizilgan.

Futbol bo‘yicha U-20 JCH. O‘zbekistonning 1/8 finaldagi raqibi ma’lum bo‘ldi
28 may 2023, 22:20

Futbol bo‘yicha U-20 JCH. O‘zbekistonning 1/8 finaldagi raqibi ma’lum bo‘ldi

Futbol bo‘yicha yoshlar o‘rtasidagi jahon chempionati 1/8 finalida O‘zbekiston terma jamoasi Isroilga qarshi bahs olib boradi. O‘yin 31-may kuni bo‘lib o‘tadi.

O‘zbekiston prezidenti Rejep Erdog‘anni saylovdagi “ishonchli g‘alabasi” bilan tabrikladi
28 may 2023, 21:57

O‘zbekiston prezidenti Rejep Erdog‘anni saylovdagi “ishonchli g‘alabasi” bilan tabrikladi

O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev Turkiya prezidenti Rejep Tayyip Erdog‘anni saylovdagi “ishonchli, tarixiy g‘alaba” bilan tabrikladi. Ovozlarni sanash hali yakuniga yetgani yo‘q, dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, Turkiyaning amaldagi rahbari g‘alaba qozongan.

Janubiy Koreya Jizzaxda chiqindixona gazlarini ushlab qolishga yordamlashadi
28 may 2023, 14:41

Janubiy Koreya Jizzaxda chiqindixona gazlarini ushlab qolishga yordamlashadi

Janubiy Koreya Jizzaxda tibbiyot chiqindilarini utilizatsiya qiluvchi va poligon gazlarini ushlab qoluvchi obyektlar quradi. 6,6 mln dollarlik loyihani amalga oshirish bitimi mamlakat Atrof-muhit sanoati va texnologiyalari instituti hamda O‘zbekiston Tabiat resurslari vazirligi o‘rtasida imzolandi.

Qashqadaryoda bir oylik armiyaga odam topish bo‘yicha yig‘ilishni yoritmoqchi bo‘lgani aytilayotgan bloger 15 sutkaga qamaldi
28 may 2023, 11:59

Qashqadaryoda bir oylik armiyaga odam topish bo‘yicha yig‘ilishni yoritmoqchi bo‘lgani aytilayotgan bloger 15 sutkaga qamaldi

Yakkabog‘da bir oylik armiyaga odam topish bo‘yicha yig‘ilishni yoritmoqchi bo‘lgan bloger Elmurod Odilovning IIO xodimlari tomonidan kaltaklangani aytilmoqda. U yig‘ilish o‘tkazilishi kerak bo‘lgan pilla qabul qilish omborxonasida fermerlar ishiga aralashganlikda ayblanib 15 sutkaga qamaldi.

O‘zbekistonda Haj mavsumi 4-iyundan boshlanadi
28 may 2023, 10:09

O‘zbekistonda Haj mavsumi 4-iyundan boshlanadi

Diniy qo‘mita O‘zbekistonda Haj mavsumi 4-iyundan boshlanishini ma’lum qildi. 19-iyunga qadar respublikaning 10 ta hududiy aepoportidan Saudiya Arabistoniga to‘g‘ridan-to‘g‘ri aviareyslar amalga oshiriladi.

Qamchiq dovonida 5 ta mashina to‘qnashib, 1 kishi halok bo‘ldi
27 may 2023, 18:10

Qamchiq dovonida 5 ta mashina to‘qnashib, 1 kishi halok bo‘ldi

Qamchiq dovonida tormozi ishlamay qolgan Isuzu yuk avtomobili 4 ta mashinaga urildi. Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, 1 kishi vafot etdi, 3 kishi shifoxonaga olib ketildi.

Telejurnalist Nozima Mahmudova 31 yoshida vafot etdi
27 may 2023, 15:27

Telejurnalist Nozima Mahmudova 31 yoshida vafot etdi

“Yoshlar” telekanali boshlovchisi Nozima Mahmudova 31 yoshida vafot etdi. Bunga jurnalistda o‘tkazilgan yurak operatsiyasi sabab bo‘lgani aytildi.

Rossiya benzin eksportini qisqartirmoqchi. Bu O‘zbekistonga ta’sir qilishi mumkin
27 may 2023, 14:38

Rossiya benzin eksportini qisqartirmoqchi. Bu O‘zbekistonga ta’sir qilishi mumkin

Rossiya hukumati birja savdolarida narxlar oshishi sababli benzin eksportini qisqartirishni ko‘rib chiqmoqda. Ta’minotning cheklanishi Rossiyadan to‘rt oy ichida 327,8 mln litr benzinni har litri uchun 4579 so‘mdan import qilgan O‘zbekistonga ta’sir qilishi mumkin.

Samarqanddagi Zarafshon daryosiga cho‘kib ketgan 3 bolaning barchasi halok bo‘ldi
27 may 2023, 11:53

Samarqanddagi Zarafshon daryosiga cho‘kib ketgan 3 bolaning barchasi halok bo‘ldi

Samarqand viloyatidagi Zarafshon daryosiga 3 nafar voyaga yetmagan bola cho‘milishga borib, cho‘kib ketgan va ulardan birining jasadi topilgandi. Bosh prokuratura qolgan 2 bolaning ham murdasi topilganini ma’lum qildi.


"Gazeta.uz"da ro‘yxatdan o‘tish

Qo‘shimcha imkoniyatlarga ega bulish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting