Andijon viloyatining Marhamat tumanidagi Janubiy Farg‘ona kanalida o‘ziga tanish qizni qutqarmoqchi bo‘lgan 20 yoshli yigit cho‘kib ketdi. Bu haqda ijtimoiy tarmoqlarda paydo bo‘lgan ma’lumotni Bosh prokuratura matbuot xizmati “Gazeta.uz”ga tasdiqladi.

Holat 5-may kuni soat 18:00 atrofida sodir bo‘lgan. Guvohlarning ko‘rsatmasiga ko‘ra, u shu tumanda yashovchi tanishi G. X.(qiz)ni qutqarish maqsadida suvga tushgan. Qiz atrofdagi odamlar tomonidan qutqarib qolingan.

Yigitning jasadi oradan 3 kun o‘tib — 8-may kuni soat 11:30 atrofida kanalning Marhamat tumani “Polvontosh” mahallasidan oqib o‘tuvchi qismidan topilgan.

Holat yuzasidan sud-tibbiy ekspertizasi tayinlangan. Hozirda tergovga qadar tekshiruv harakatlari davom ettirilmoqda.