Shaxmatchi Nodirbek Abdusattorov 29-may — 9-iyun kunlari Norvegiyaning Stavanger shahrida bo‘lib o‘tadigan eng nufuzli klassik shaxmat turnirlaridan biri — Norway Chess musobaqasida ishtirok etadi. Turnirning sovrin jamg‘armasi 2,5 million kronni tashkil etadi (taxminan 243 ming dollar), g‘olib 750 ming kron (taxminan 67,6 ming dollar) oladi.

norway chess, магнuс карлсен, нодирбек абдuсатторов, shaxmat

Turnirda shuningdek:

  • FIDE jahon reytingi yetakchisi Magnus Karlsen (2853);
  • Alirizo Firuzja (4-o‘rin, 2785)
  • Hikaru Nakamura (5-o‘rin, 2775)
  • Anish Giri (6-o‘rin, 2768)
  • Fabiano Karuana (7-o‘rin, 2764)
  • Uesli So (8-o‘rin, 2760)
  • Shahriyar Mamedyarov (16-o‘rin, 2738)
  • Gukesh Dommaraju (18-o‘rin, 2732)
  • Nodirbek Abdusattorov (19-o‘rin, 2731)
  • Aryan Tari (104-o‘rin, 2642) ishtirok etadi.

Nodirbek Abdusattorov ChessKid turnirining uchinchi bosqichida qozonilgan g‘alabani nishonlamasligini, aksincha, Stavanger-2023 turniriga, ayniqsa, Magnus Karlsen bilan uchrashuvga tayyorgarlik ko‘rishini aytdi.

“Men Norwey Chess turniriga e’tibor qarataman… Albatta, u yerda Magnus o‘ynaydi. Unga qarshi o‘ynashimdan juda xursandman”, — deydi u.

Magnus Karlsen Norway Chess turnirini ketma-ket to‘rt marta yutgan (2019-yildan 2022-yilgacha), ammo u uzoq tanaffusdan so‘ng birinchi marta klassik shaxmat o‘ynaydi. Norvegiyalikning o‘zi ham ayni damda qanday formada ekanini bilmasligini ta’kidladi: “Hozir men klassik shaxmatni qanchalik yaxshi o‘ynashimni tasavvur ham qila olmayman. Uni yana sinab ko‘rish qiziqarli bo‘ladi.”