28-may kuni Buxoro viloyati Kogon shahrida erkak rashk sabab xotini pichoqlab o‘ldirdi. Bu haqda “Gazeta.uz”ga Bosh prokuratura matbuot xizmati xabar qildi.

O‘sha kuni soat 17:30 atrofida 31 yoshli Sh. X. turmush o‘rtog‘i, ikki nafar farzandi bo‘lgan 32 yoshli G. X. bilan oilaviy kelishmovchilik — rashk tufayli o‘zaro tortishib, janjal qilgan. Shu paytda erkak oshxona pichog‘i bilan xotini tanasining ko‘krak, bo‘yin, qo‘l kabi turli sohalariga bir necha marotoba urib, qasddan o‘ldirgan.

Janjalni ajratish maqsadida harakat qilgan gumonlanuvchining onasi O.X. ham o‘ng bilak sohasidan jarohat olib, kasalxonaga murojaat qilgan.

Holat yuzasidan shahar prokuraturasi tomonidan Jinoyat kodeksining 97-moddasi (Qasddan odam o‘ldirish) 1-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, erkak Jinoyat protsessesual kodeksning 221-moddasi tartibida ushlangan.