Futbol bo‘yicha 20 yoshgacha bo‘lgan futbolchilar (U-20) o‘rtasidagi jahon chempionatining 1/8 final bosqichida O‘zbekiston yoshlar terma jamoasi Isroil terma jamoasiga qarshi maydonga tushadi. Uchrashuv 31-may kuni soat 02:00da bo‘lib o‘tadi.

Milliy terma jamoa 4 ochko bilan “A” guruhida ikkinchi o‘rinni egalladi. O‘zbekiston uchta o‘yinda Argentinaga imkoniyatni boy berdi (1:2), Yangi Zelandiya bilan durang o‘ynadi (2:2), Gvatemalani esa mag‘lub etdi (2:0).

u-20 jahon чемпионати, ўзбекистон - исроил, футбол bo‘yicha u-20 жч

Isroil yoshlar terma jamoasi xuddi shunday tarzda S guruhidan ikkinchi o‘rinda (4 ochko) chiqdi. Jamoa dastlab Kolumbiyaga yutqazdi (1:2), keyin Senegal bilan durang o‘ynadi (1:1), uchinchi turda esa Yaponiyani mag‘lub etdi (2:1). Oxirgi o‘yinda isroilliklar birinchi bo‘lib gol o‘tkazib yuborishdi, ikkinchi bo‘limni esa 68-daqiqada yarim himoyachi Jan Binyamin maydondan chetlatgani uchun 10 nafar futbolchi bilan o‘tkazdi. Shunga qaramay, Isroil 76-daqiqada hisobni tenglashtirdi, qo‘shimcha bo‘limlarda (90+2ʼ) g‘alabani ilib ketdi.

1/8 final o‘yini g‘olibi hozircha raqibini tanlamagan Braziliya terma jamoasi bilan chorak finalda o‘ynashi mumkin