“Hududgazta’minot“ aksiyadorlik jamiyati Italiyaning yetakchi kompaniyalari bilan O‘zbekistonda gaz ta’minoti tizimini yanada takomillashtirish va xorijiy tajribaga ega malakali mutaxassislarni tayyorlash bo‘yicha qator bitim va shartnomalar imzoladi, deya xabar bermoqda kompaniya matbuot xizmati.

Erishilgan kelishuvlarga muvofiq, “Hududgazta’minot“ tomonidan Pietro Fiorentini kompaniyasi bilan hamkorlikda “O‘zbekiston gaz taqsimlash tizimini modernizatsiya va rekonstruksiya qilish“ loyihasi amalga oshiriladi. Mazkur loyiha SACE (Italiya) davlat eksport-kredit agentligi tomonidan 200 million yevro miqdorida jalb qilinadigan mablag‘lar hisobidan moliyalashtiriladi. Shuningdek, HGT Training o‘quv markazi negizida gaz sohasi uchun ilg‘or Italiya tajribasi asosida yetuk muhandislarni tayyorlash maktabi tashkil etiladi.

gaz, иtaлия, modernizatsiya, ҳудудgaztaъминот

Pietro Fiorentini kompaniyasi zamonaviy gaz tartiblash punktlari, bosim rostlagichlar, fil’tr va boshqa komponentlarni, Terranova S.R.L kompaniyasi esa gaz tartiblash punktlarini masofadan monitoring va nazorat qilishga imkon beruvchi telemetriya tizimi yetkazib beradi.

Pietro Fiorentini kompaniyasining 4 ta gaz taqsimlash punktlari tajriba-sinov tariqasida fuqarolarning eng ko‘p murojaatlari kelib tushgan Toshkent shahrining Shayxontohur tumanidagi “Kattahovuz“ mahallasida joriy etildi. Natijada, ushbu mahallaning gaz ta’minoti tizimini tartibga solinib, 305 ta aholi xonadoni hamda 5 ta ulgurji iste’molchilarni tabiiy gaz bilan barqaror ta’minlash va real vaqt rejimida texnologik jarayonlarni nazorat qilish imkoniyatini yaratdi.

gaz, иtaлия, modernizatsiya, ҳудудgaztaъминот

Bundan tashqari, O‘zbekistonda gaz taqsimlash tizimini modernizatsiya va rekonstruksiya qilish bilan bir qatorda, zamonaviy texnologilarda ish faoliyatini amalga oshiruvchi hamda gaz xo‘jaligi boshqaruviga zamonaviy tajribalarni joriy qilishda malakali soha muhandislarini qayta tayyorlash boshlanadi.

O‘quv markaz negizida gaz sohasi uchun Italiya tajribasi asosida muhandislarni tayyorlash maktabi zamonaviy texnika va anjomlar bilan jihozlanishi hamda mashg‘ulotlarni o‘tish uchun xorijiy mutaxassislar taklif etilishi ko‘zda tutilgan.

“Hududgazta’minot“ keyingi bir necha yilda 706,5 ming xonadon gaz ta’minoti tizimini ikki bosqichliga o‘tkazish va tabiiy gaz iste’mol hajmi balansini avtomatik ravishda shakllantirish dasturini amaliyotga joriy etishini eslatib o‘tdi. Shuningdek, 381,3 kilometr yangi gaz tarmoqlarini qurish, 452,4 kilometr mavjud gaz quvurlarini rekonstruksiya va modernizatsiya qilish ishlari rejalashtirilgan.

Shu bilan birga, 5,4 mingta gaz taqsimlash punktlarini modernizatsiya qilish, shundan 2,8 mingta yuqori bosimli inshootlarda telemetriya tizimini joriy etish, gaz taqsimlash tarmoqlarida — yuqori aniqlikdagi ul’tratovushli gaz hisoblagichlarini o‘rnatish belgilangan.

“Gaz taqsimlash tizimining keng ko‘lamli yangilanishi ma’nan eskirgan tarmoqlarni almashtirishga imkon beradi. Bu esa, o‘z navbatida tabiiy gaz yetkazib berishda yo‘qotishlarni kamaytirish, uning barcha toifadagi iste’molchilar o‘rtasida teng taqsimlanishi, shuningdek real vaqt rejimida texnologik jarayonlar ustidan onlayn nazoratni o‘rnatishda o‘z aksini topadi“, — deyiladi kompaniya xabarida.