Savdo yoki xizmat ko‘rsatish qoidalarini buzganlik uchun jinoiy javobgarlikni ma’muriy yurisdiksiyaga o‘tkazish to‘g‘risidagi qonun loyihasi muhokamaga qo‘yildi, deb xabar bermoqda Norma.uz.

Loyihaga muvofiq, savdo va xizmat ko‘rsatish qoidalarini buzganlik uchun jinoiy javobgarlikni bekor qilish rejalashtirilmoqda.

Shu bilan birga, bunday qoidalarni juda ko‘p miqdorda (bazaviy hisoblash miqdorining 500 baravari) buzganlik uchun ma’muriy javobgarlik o‘rnatish taklif etilmoqda.

Jazo tariqasida quyidagi miqdorlarda jarima belgilash nazarda tutilmoqda:

  • fuqarolarga — BHMning 200 baravari;
  • mansabdor shaxslarga — BHMning 300 baravari.

Eslatib o‘tamiz, Shavkat Mirziyoyev 2022-yilning avgustida tadbirkorlar bilan o‘tkazgan yig‘ilishida savdo qoidalarini buzganlik uchun jinoiy javobgarlikni butunlay bekor qilish taklifini kiritgandi.