Yanvar-fevral oylarida O‘zbekistonga turistik maqsadlarda tashrif buyurgan chet elliklar soni 871 ming kishini tashkil etdi, deb xabar bermoqda Statistika agentligi.

O‘tgan ikki oyda xorijlik sayyohlar soni o‘tgan yilning mos davri bilan solishtirilganda 544,4 ming nafarga yoki 2,7 baravarga oshgan. Xorijiy sayyohlarning asosiy oqimi — 94 foizdan ortig‘i MDHning to‘rtta davlatiga to‘g‘ri keladi:

  • Tojikiston — 289,2 ming kishi;
  • Qozog‘iston — 241,4 ming kishi;
  • Qirg‘iziston — 211,2 ming kishi;
  • Rossiya — 81,0 ming kishi.

Shuningdek, Turkiyadan 13 mingdan ortiq sayyoh, Turkmanistondan 4,8 ming, Janubiy Koreyadan 4,4 ming nafar xorijlik kelgan. Keyingi o‘rinlardan Hindiston (2,4 ming kishi), Ukraina va Ozarbayjon (har biri 1,7 mingdan), Belarus va Xitoy (har biri 1,6 mingdan), AQSh (1,4 ming) va Germaniya (1,3 ming) joy olgan.

Boshqa mamlakatlardan, xususan, Yevropadan ming nafardan kam sayyoh kelgan.