Iqtisodiyot

Yashirin iqtisodiyotga qarshi kurashish bo‘yicha Maxsus komissiya tashkil etiladi
28 oktabr 2020, 21:31

Yashirin iqtisodiyotga qarshi kurashish bo‘yicha Maxsus komissiya tashkil etiladi

Prezident farmoni bilan yashirin iqtisodiyotga qarshi kurashish Maxsus komissiyasi va uning hududiy komissiyalari tashkil etilmoqda. Davlat idora va tashkilotlarida komplayens-nazorat tizimi joriy etiladi. Jarayonlar OAVda keng yoritiladi.

9 oy ichida eng ko‘p dehqon xo‘jaligi mahsulotlari Samarqandda yetishtirilgan
28 oktabr 2020, 17:10

9 oy ichida eng ko‘p dehqon xo‘jaligi mahsulotlari Samarqandda yetishtirilgan

Yanvar-sentyabr oylarida qishloq, o‘rmon va baliqchilik xo‘jaligi mahsulot (xizmat)larining umumiy hajmi 180,1 trln so‘mni tashkil qilib, YAIM tarkibida ushbu sohaning ulushi 25,7 foizga yetdi. Respublika bo‘yicha eng ko‘p dehqon xo‘jaligi mahsulotlari Samarqand viloyatida yetishtirilgan.

Mobiuz va Perfectum xususiylashtirishga tayyorlanmoqda, Ucell transformatsiya qilinadi
28 oktabr 2020, 15:44

Mobiuz va Perfectum xususiylashtirishga tayyorlanmoqda, Ucell transformatsiya qilinadi

Mobiuz va Perfectum uyali aloqa operatorlari xususiylashtirishga tayyorgarlik ko‘rish doirasida investitsion sharoitlarini oshiradi va Ucell operatsion samaradorligini oshirishi bilan o‘zgaradi.

Davlat ko‘chmas mulklari ommaviy savdolarda xususiy sektorga sotiladi — prezident farmoni
28 oktabr 2020, 08:02

Davlat ko‘chmas mulklari ommaviy savdolarda xususiy sektorga sotiladi — prezident farmoni

274 ta korxona, 109 ta gazeta va nashriyotlar, 26 ta axborot texnologiyalari korxonasi, 27 ta tibbiyot muassasalari, 12 ta yog‘-moy sanoati korxonasi va 31 ta vinochilik korxonasi to‘liqligicha ommaviy savdolar orqali xususiy sektorga sotiladi.

Iste’molchilarga markaziy isitish tizimidan voz kechish huquqini berish rejalashtirilmayapti
27 oktabr 2020, 16:33

Iste’molchilarga markaziy isitish tizimidan voz kechish huquqini berish rejalashtirilmayapti

«Issiqlik ta’minoti to‘g‘risida"gi yangi qonun loyihasida «jamoaviy issiqlik ta’minoti tizimida issiqlik energiyasi iste’molchisi xonadonning bir qismini issiqlik ta’minoti tizimidan uzib qo‘yishga haqli emas» mazmunidagi avvalgi norma saqlanib qoldi.

KoronaPay mobil ilovasi Yevropadan O‘zbekistonga komissiyasiz pul jo‘natish imkonini beradi
27 oktabr 2020, 13:00

KoronaPay mobil ilovasi Yevropadan O‘zbekistonga komissiyasiz pul jo‘natish imkonini beradi

KoronaPay mobil ilovasi orqali Yevropadan O‘zbekistonga pul jo‘natmalarini komissiyasiz amalga oshirish mumkin. Buning uchun faqat KoronaPay mobil ilovasini smartfonga o‘rnatish kerak bo‘ladi. Xizmat orqali O‘zbekistonda chiqariladigan barcha turdagi kartalarga o‘tkazmalarni amalga oshirish mumkin. Bu oddiy va qulay, pandemiya sharoitida esa — yana xavfsiz ham.

9 oyda O‘zbekistonga 82 ta elektromobil import qilingan
27 oktabr 2020, 10:58

9 oyda O‘zbekistonga 82 ta elektromobil import qilingan

Yanvar-sentyabr oylarida O‘zbekistonga xorijdan 82 ta elektromobil olib kelingan. Shundan 52 tasi Xitoydan import qilingan.

Gaz qazib olish hajmining pasayishi byudjet tashkilotlarida ko‘mirga talabni oshirdi
26 oktabr 2020, 19:46

Gaz qazib olish hajmining pasayishi byudjet tashkilotlarida ko‘mirga talabni oshirdi

2020 yilda O‘zbekistonning byudjet tashkilotlariga 405,4 ming tonna yoki o‘tgan yilga nisbatan 18,3 foizga ko‘proq ko‘mir yetkazib berildi. Bu gaz qazib olish hajmining qariyb 20 foizga pasayishi sababli yuz bermoqda.

Prezident elektr energiyasini raqobatli bozorga o‘tkazish bosqichlarini ishlab chiqishga topshiriq berdi
26 oktabr 2020, 19:05

Prezident elektr energiyasini raqobatli bozorga o‘tkazish bosqichlarini ishlab chiqishga topshiriq berdi

Prezident elektr energiyasi raqobatli bozoriga o‘tish bosqichlari va qoidalarini belgilovchi hujjat ishlab chiqish zarurligini ta’kidladi. Hozirda investorlar bilan energiyani qat’iy narxlarda xarid qilish bo‘yicha uzoq muddatli shartnomalar imzolanmoqda.

Go‘sht narxi o‘sishining sabablari e’lon qilindi
26 oktabr 2020, 13:19

Go‘sht narxi o‘sishining sabablari e’lon qilindi

Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirligi go‘sht narxining o‘zgarishiga uchta omil ta’sir ko‘rsatganini ta’kidladi. Unga ko‘ra, yem-xashak bazasining mavsumiy kamayishi, Qozog‘istondan qoramol importining qisqarishi, avgust oyida go‘sht mahsulotlariga bo‘lgan talabning oshishi go‘sht narxining o‘sishiga olib kelgan.

Dollarning rasmiy kursi arzonladi
26 oktabr 2020, 12:55

Dollarning rasmiy kursi arzonladi

Dollarning rasmiy kursi deyarli 12 so‘mga arzonladi va jami 10 359 so‘m etib belgilandi. Yevro va rubl kurslari esa ko‘tarildi.

Respublikada 9 oy ichida 65,2 trln so‘mlik qurilish ishlari bajarildi
23 oktabr 2020, 19:04

Respublikada 9 oy ichida 65,2 trln so‘mlik qurilish ishlari bajarildi

Yanvar-sentyabr oylarida O‘zbekistonda jami 65,2 trln so‘mlik qurilish ishlari bajarildi. Qurilish ishlarining 95,8 foizi nodavlat mulkchiligidagi korxona va tashkilotlarga to‘g‘ri keladi.

Bojxona qo‘mitasi eksport-import kompaniyalarning bank sirlariga ega bo‘lishni rejalashtirmoqda
23 oktabr 2020, 18:39

Bojxona qo‘mitasi eksport-import kompaniyalarning bank sirlariga ega bo‘lishni rejalashtirmoqda

Davlat bojxona qo‘mitasi import va eksport bilan shug‘ullanuvchi kompaniyalarning bank ma’lumotlariga ega bo‘lish huquqini qo‘lga kiritish uchun bank siri to‘g‘risidagi qonunga qo‘shimcha kiritishni taklif qilmoqda.

52 kompaniyaning IT Park rezidenti maqomi bekor qilindi
23 oktabr 2020, 17:44

52 kompaniyaning IT Park rezidenti maqomi bekor qilindi

416 ta IT Park rezidentidan 52 ta IT-kompaniya shartnomada nazarda tutilgan majburiyatlarni bajarmaganlari uchun doimiy rezident maqomi va soliq imtiyozlaridan mahrum etildi. To‘liq ro‘yxat bilan sayt sahifasida tanishsa bo‘ladi.

O‘zbekistonda 9 oy ichida 217 mingdan ortiq avtomobil ishlab chiqarilgan
23 oktabr 2020, 15:34

O‘zbekistonda 9 oy ichida 217 mingdan ortiq avtomobil ishlab chiqarilgan

Yanvar-sentabr oylarida O‘zbekistonda 217 mingdan ortiq yengil hamda 2936 dona yuk avtomobillari ishlab chiqarilgan. Umumiy hajmda eng ko‘p Cobalt va Nexia avtomobillari ishlab chiqarildi.

O‘zbekiston iqtisodiyoti rivojlanishining uch xil ssenariysi — Markaziy bank
23 oktabr 2020, 09:56

O‘zbekiston iqtisodiyoti rivojlanishining uch xil ssenariysi — Markaziy bank

Markaziy bank kelgusi uch yil davomida O‘zbekistonning makroiqtisodiy rivojlanishining asosiy, optimistik va xavfli ssenariylarini taqdim etdi. Optimistik ssenariy bo‘yicha rivojlanish oltin narxining pasayishiga olib kelishi mumkin.

Eksportni qo‘llab-quvvatlash jamg‘armasi tashkil etiladi
22 oktabr 2020, 10:50

Eksportni qo‘llab-quvvatlash jamg‘armasi tashkil etiladi

Prezident farmoni bilan Eksportni qo‘llab-quvvatlash jamg‘armasi tashkil etiladi. Ijobiy kredit tarixiga ega eksportchilarga kredit bo‘yicha qarzdorligi bo‘lsa ham kompensatsiya va kafilliklar taqdim etiladi. Buning uchun Eksportni qo‘llab-quvvatlash jamg‘armasiga $100 mln ajratiladi.

Prezident sanoat tarmoqlaridagi 9 oylik natijalar va kelgusi vazifalarga bag‘ishlangan yig‘ilish o‘tkazdi
21 oktabr 2020, 23:14

Prezident sanoat tarmoqlaridagi 9 oylik natijalar va kelgusi vazifalarga bag‘ishlangan yig‘ilish o‘tkazdi

9 oyda 55 ta hududiy loyiha ijrosi kechikkan, 144 ta loyihada ishlab chiqarish hajmi ta’minlanmagan. Oqibatda 720 mlrd so‘mlik mahsulot tayyorlash imkoniyati yo‘qotilgan. Davlat rahbari qolgan 3 oyda $7 mlrdlik 80 ta tarmoq va 44 ta hududiy loyihani ishga tushirish muhimligini ta’kidladi.

Banklar faollik indeksi e’lon qilindi
21 oktabr 2020, 14:37

Banklar faollik indeksi e’lon qilindi

Banklar faollik indeksi bo‘yicha reytingda Kapital bank birinchi o‘rinni saqlab qoldi. Ikkinchi va uchinchi o‘rinlarda Universal va Ziraat banklari, oxirgi o‘rinda esa TVS banki.

Oltin-valyuta zaxiralari ikkinchi oy ketma-ket kamaydi
20 oktabr 2020, 17:05

Oltin-valyuta zaxiralari ikkinchi oy ketma-ket kamaydi

O‘zbekistonning rasmiy zaxira aktivlari ikkinchi oy ketma-ket kamayib, hozirda 33,4 mlrd dollarni tashkil qilmoqda. Agar avgust oyida zaxiradagi pasayish oltinni sotish bilan bog‘liq bo‘lsa, hozirda bu asosan valyutaga bog‘liq.


"Gazeta.uz"da ro‘yxatdan o‘tish

Qo‘shimcha imkoniyatlarga ega bulish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting