Bu yilning yanvar-sentabr oylarida O‘zbekistonda 217771 ta yengil hamda 2936 dona yuk avtomobillari ishlab chiqarilgan. Bu haqda Statistika qo‘mitasi ma’lumot berdi.

Yengil avtomobillar quyidagi sonda ishlab chiqarilgan:

Avtomobil rusumiYanvar-sentyabr oylaridaAvgust oyida
Sentyabr oyida
Cobalt
59252
7301
7050
Nexia T-250
52689
5241
5785
Lacetti-Gentra
39960
4782
4810
Damas
39631
4433
4309
Spark
19980
1905
1705
Labo
6259
807
932

Avgust oyi bilan taqqoslaganda Nexia va Labo avtomobillari ko‘proq ishlab chiqilgan bo‘lsa, qolgan barcha avtomobillar kamroq ishlab chiqarilgan.

Ushbu davr mobaynida chet elga 108,2 mln. dollarlik avtomobil eksport qilingan. Shuningdek, 349,3 mln. dollarlik yengil avtomobillar import qilingan.

Aytib o‘tish joizki, yanvar-sentabr oylarida mamlakatda 174,5 ming dona avtomobil dvigatellari ishlab chiqarilgan. Avtomobillarning ehtiyot qismlari import qilingan qiymati 565,3 mln dollarni tashkil etdi.

Eslatib o‘tamiz, avgust oyida ham Cobalt avtomobili O‘zbekistonda eng ko‘p ishlab chiqarilgani haqida xabar bergan edik.