416 ta IT Park rezidentlaridan 52 ta IT-kompaniyalar shartnomada nazarda tutilgan majburiyatlarni bajarmaganliklari uchun, ya’ni auditorlik xulosasini taqdim etmaganliklari va Nizom talablarini buzganligi tufayli doimiy rezident maqomidan mahrum etildi. Bu haqda IT Park matbuoti ma’lumot berdi.

«IT Park rezidenti maqomiga ega IT-kompaniyalar soni kundan kunga ortmoqda. Ammo turli sabablar tufayli ushbu maqomni yo‘qotayotganlar va shunga ko‘ra, soliq imtiyozlaridan foydalanish huquqidan mahrum bo‘layotgan IT-park rezidentlari ham mavjud. Vazirlar Mahkamasining 2019 yil 15 iyuldagi 589-sonli qaroriga muvofiq, Nizom talablarini buzgan yuridik shaxslarga nisbatan soliq idoralari imtiyozlarni belgilangan tartibda O‘zbekiston Respublikasi Davlat byudjetiga to‘lash majburiyatlarini tiklash bilan bekor qilish choralarini qo‘llaydilar», ― deyiladi bayonotda.

Quyidagi kompaniyalarning IT Park rezidenti maqomi bekor qilindi:


Yuridik shaxsning nomi
Joylashgan hududi
Muvofiqlashtiruvchi kengash va Direksiyaning qarori
1
MCHJ QX «XT Xarid Texnologiyalari»
Toshkent shahri
31.10.2019y. 13-son
2
MCHJ QX «Bercut It Solution»
Toshkent shahri
23.01.2019y. 19-son
3
MCHJ «Madetec-Solution»
Toshkent shahri
27.04.2018y. 8-son
4
MCHJ «Game Zale»
Toshkent shahri
27.04.2018y. 8-son
5
MCHJ «Alp Jahon Himoya»
Toshkent shahri
24.10.2017y. 3-son
6
MCHJ «Adora Hilol»
Andijon viloyati
27.04.2018y. 8-son
7
MCHJ «Kumush Servis Media»
Jizzax viloyati
27.04.2018y. 8-son
8
MCHJ «Bookingstan»
Toshkent shahri
29.04.2019y. 80-son
9
MCHJ «Sapphire Promotion Group»
Toshkent shahri
09.01.2018y. 5-son
10
MCHJ «Any Mobile»
Toshkent shahri
06.03.2018y. 7-son
11
MCHJ «International Software»
Farg‘ona viloyati
09.01.2018y. 5-son
12
MCHJ «Online Service Platform»
Toshkent shahri
09.01.2018y. 5-son
13
XK «Thank You Servis»
Toshkent shahri
27.04.2018y. 8-son
14
MCHJ «Ideal Soft»
Xorazm viloyati
29.04.2019y. 80-son
15
MCHJ «Startlab»
Toshkent shahri
24.10.2017y. 3-son
16
MCHJ «Quick Study»
Toshkent shahri
24.10.2017y. 3-son
17
MCHJ «Algebra»
Toshkent shahri
09.01.2018y. 5-son
18
MCHJ «Merade»
Toshkent shahri
23.01.2019y. 19-son
19
MCHJ «Valiant Original Comfort»
Qashqadaryo viloyati
24.10.2017y. 3-son
20
MCHJ «TNH Sarmoya»
Toshkent shahri
24.11.2017y. 4-son
21
MCHJ «Activemedia Solutions»
Toshkent shahri
24.11.2017y. 4-son
22
MCHJ «Alphabet IT Group»
Toshkent shahri
06.03.2018y. 7-son
23
MCHJ «Sof»
Toshkent shahri
25.03.2019y. 61-son
24
MCHJ «Universal Test Sinovlari»
Toshkent shahri
24.11.2017y. 4-son
25
XK «Lighting»
Farg‘ona viloyati
27.04.2018y. 8-son
26
MCHJ «New General Consulting»
Toshkent shahri
24.11.2017y. 4-son
27
MCHJ «Global Technologies»
Toshkent shahri
06.03.2018y. 7-son
28
MCHJ «Abutech»
Farg‘ona viloyati
06.03.2018y. 7-son
29
MCHJ «Ace Craft Engine»
Toshkent shahri
09.01.2018y. 5-son
30
MCHJ «Center of Enginering Technologies»
Toshkent shahri
23.01.2019y. 19-son
31
MCHJ «Developing Web Studio»
Toshkent shahri
27.04.2018y. 8-son
32
MCHJ «For each Soft»
Qashqadaryo viloyati
27.04.2018y. 8-son
33
MCHJ «Global Innovation Center»
Toshkent shahri
06.03.2018y. 7-son
34
MCHJ «Hello World»
Toshkent shahri
06.03.2018y. 7-son
35
MCHJ «Interintellect»
Toshkent shahri
27.04.2018y. 8-son
36
MCHJ «Kakadu Pay System»
Xorazm viloyati
27.04.2018y. 8-son
37
XK «Livewithcode»
Samarqand viloyati
27.04.2018y. 8-son
38
MCHJ «Max IT»
Toshkent shahri
27.04.2018y. 8-son
39
OK «MironSoft»
Toshkent shahri
24.10.2017y. 3-son
40
MCHJ «Mnemonik Adult»
Toshkent shahri
27.04.2018y. 8-son
41
XK «Mobile First»
Toshkent shahri
24.11.2017y. 4-son
42
MCHJ «Multimedia MarkazI»
Toshkent shahri
27.04.2018y. 8-son
43
MCHJ «Nanovation»
Toshkent shahri
06.03.2018y. 7-son
44
MCHJ «ONDO»
Sirdaryo viloyati
27.04.2018y. 8-son
45
XK «PCM Software»
Toshkent shahri
06.03.2018y. 7-son
46
MCHJ «Pragmatik Solutions»
Toshkent shahri
22.09.2017y. 2-son
47
XK «Rococo Group»
Toshkent shahri
09.01.2018y. 5-son
48
MCHJ «Tetrasoft Servis»
Toshkent shahri
24.11.2017y. 4-son
49
MCHJ «Tyajpromavtomatika»
Toshkent shahri
24.11.2017y. 4-son
50
MCHJ QH «Whirl»
Toshkent shahri
24.11.2017y. 4-son
51
MCHJ «Blockchain Systems Technology»
Toshkent shahri
29.04.2019y. 80-son
52
«Integro-Solutions» MCHJ
Toshkent shahri
25.03.2019y. 61-son

IT Park rezidentlari uchun quyidagi vazifalar belgilangan:

  • Faqat axborot texnologiyalari sohasida faoliyat turlarini amalga oshirish;
  • IT Park Direksiyasiga har chorakda faoliyati to‘g‘risidagi ma’lumotlarni taqdim etish;
  • Moliyaviy-xo‘jalik faoliyatining yillik auditini o‘tkazish va auditorlik xulosasining bir nusxasini Direksiyaga yuborish;
  • IT Park rezidentining Direksiya bilan ishlash shartlari to‘g‘risidagi Shartnomadan kelib chiqadigan majburiyatlarni bajarish.

IT Park rezidenti maqomidan mahrum qilingan 52 ta IT-kompaniya to‘g‘risidagi ma’lumotlar imtiyozlarni bekor qilish choralarini ko‘rish maqsadida soliq organlariga yuborildi. Shuningdek, soliq idoralariga IT Park rezidentlarining yagona reyestriga kiritilgan, ammo turli sabablarga ko‘ra endi faol rezident bo‘lmagan 63 ta IT-kompaniya to‘g‘risidagi ma’lumotlar ham yuborildi.

«Qonunga muvofiq IT Park rezidenti maqomida bo‘lish bir kun bo‘lsa ham kompaniyaning auditorlik tekshiruvini o‘tkazish va imtiyozlardan foydalanish yoki foydalanmaslik to‘g‘risida xulosa berish majburiyatini keltirib chiqaradi», ― deyiladi bayonotda.