Uy-joy kommunal xizmat ko‘rsatish vazirligi «Issiqlik ta’minoti to‘g‘risida"gi qayta ko‘rib chiqilgan qonun loyihasini e’lon qildi. «Ko‘p narsa qo‘shildi va tuzatildi, ammo iste’molchilarning barcha takliflari inobatga olinmadi», — deyiladi Norma.uz xabarida. Nashr avvalroq loyihaning oldingi tahririni ko‘rib chiqqan va sharhlagan edi.

Qonun loyihasining so‘nggi tahririda iste’molchilar boshqa issiqlik ta’minoti tashkilotlari bilan mustaqil ravishda shartnomalar tuzishlari mumkinligi aytilgan. Shu bilan birga, «jamoaviy issiqlik ta’minoti tizimida issiqlik energiyasi iste’molchisi xonadonning bir qismini issiqlik ta’minoti tizimidan uzib qo‘yishga haqli emas» mazmunidagi avvalgi norma saqlanib qoldi.

«Ushbu me’yorlar qoidalar mazmuniga ziddir va bu issiqlik ta’minoti tashkilotiga monopol sharoitini beradi, aholining ma’lum qismi noqulay sharoitlarda joylashtirilgan, — deyiladi sharhda. — Kvartira egasi o‘z xonasida issiqlik yo‘qotishlarini kamaytiradigan va energiyani tejaydigan zamonaviy isitish uskunalarini o‘rnatolmaydi va bunday sharoitda XUJMSH o‘zlarining qozonxonalarini qurishga qaror qilishlari ehtimoldan yiroq emas».

Hujjat loyihasiga binoan, issiqlik ta’minotini rivojlantirish bo‘yicha davlat siyosatining asosiy yo‘nalishlari quyidagi yo‘nalishlarni o‘z ichiga oladi:

  • shahar va aholi punktlarini issiqlik bilan ta’minlash sxemalarini ishlab chiqish va amalga oshirish;
  • zamonaviy issiqlik tarmoqlarini joriy etish hisobiga energiya yo‘qotishlarini kamaytirish;
  • qayta tiklanadigan manbalardan foydalanish va davlat-xususiy sheriklik aloqalarini rivojlantirish.

Qonun loyihasida issiqlik ta’minoti jarayonining barcha ishtirokchilari — iste’molchilar, issiqlik ta’minoti tashkilotlari, davlat va mahalliy hokimiyatlarning huquqlari va majburiyatlari, shuningdek, ularning shartnoma talablarini bajarishdagi javobgarligi keltirilgan. Hujjatda, shuningdek, issiqlik ta’minoti tariflarini shakllantirish bo‘yicha ma’lumotlarning shaffofligi va iste’molchilar tomonidan issiqlik yo‘qotishlarini kamaytirishni rag‘batlantirish kabi normalar tasvirlangan.