Davlat statistika qo‘mitasi ma’lumotlariga ko‘ra, O‘zbekiston besh oydan beri oltin eksport qilmagan, ya’ni mamlakat so‘nggi marta 2020 yil avgustida oltin sotgan.

O‘zbekiston 2019 va 2020 yillarni ushbu metallni faol sotish bilan boshlagan, hatto unga barcha eksportning 50 foizi va undan ham ko‘prog‘i to‘g‘ri kelgan.

2021 yil yanvar oyida esa asosiy eksport sanoat (35,7 foiz), oziq-ovqat mahsulotlari (11 foiz) va kimyoviy moddalar (8,9 foiz) bo‘ldi.

Qayd etilishicha, oltin sotilmaganini respublika tashqi savdo aylanmasining 657,6 mln dollarga yoki 22,2 foizga qisqargani bilan izohlash mumkin.

Qolgan ko‘rsatkichlar deyarli o‘zgarmagan — Xitoy va Rossiya asosiy savdo hamkori bo‘lib qolmoqda, asosiy import — tibbiyot mahsulotlarini sotib olish o‘smoqda.

O‘zbekiston oltin sotishni 2020 yilning sentyabridan to‘xtatdi.

Ma’lumot uchun, O‘zbekiston iyul oyida dunyo mamlakatlari orasida oltin sotish bo‘yicha mutlaq yetakchiga aylangan edi.