Koronavirus

25-martdan jamoat joylarida niqobsiz bo‘lgan shaxslar jarimaga tortiladi
22 mart 2020, 12:25

25-martdan jamoat joylarida niqobsiz bo‘lgan shaxslar jarimaga tortiladi

Jamoat joylarida niqobsiz bo‘lgan shaxslar 23-martdan ogohlantiriladi, 25-martdan esa jarimaga tortiladi.

Toshkentda jamoat transporti qatnovi to‘xtatiladi
21 mart 2020, 23:58

Toshkentda jamoat transporti qatnovi to‘xtatiladi

22 mart kunidan Toshkentda jamoat transporti qatnovi to‘xtatiladi. Shahar bo‘ylab dezinfeksiya qilingan taksilar qatnaydi.

Karantindan qochgan yana bir shaxs qo‘lga olindi
21 mart 2020, 20:59

Karantindan qochgan yana bir shaxs qo‘lga olindi

Qashqadaryo viloyatida karantindan qochgan bir erkak qo‘lga olindi. Unga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atish masalasi ko‘rib chiqilmoqda.

Yana 4 fuqaroda koronavirus aniqlandi (jami — 41 kishi)
21 mart 2020, 19:41

Yana 4 fuqaroda koronavirus aniqlandi (jami — 41 kishi)

O‘zbekistonda yana to‘rt fuqaroda koronavirus infeksiyasi tasdiqlandi. Virus yuqtirganlar soni 41 nafarga yetdi.

Karantindan qochgan shaxsga nisbatan jinoiy ish qo‘zg‘atildi
21 mart 2020, 16:59 1

Karantindan qochgan shaxsga nisbatan jinoiy ish qo‘zg‘atildi

Samarqand viloyatida tashkil etilgan karantin markazidan qochgan Toshkent viloyati Parkent tumanida yashaydigan fuqaro ushlandi. Unga nisbatan jinoiy ish qo‘zg‘atildi.

Fuqarolardan dachalarga bormay turish so‘raldi
21 mart 2020, 16:01

Fuqarolardan dachalarga bormay turish so‘raldi

IIV fuqarolardan koronavirusga chalinish xavfi borligi uchun Toshkent viloyati va boshqa hududlardagi dacha uchastkalariga bormay turishni so‘radi.

Tibbiyot niqoblari tibbiy buyumlar ro‘yxatidan chiqarildi
21 mart 2020, 15:00

Tibbiyot niqoblari tibbiy buyumlar ro‘yxatidan chiqarildi

Endilikda, tibbiy niqob ishlab chiqarish, tayyorlash hamda uni realizatsiya qilish uchun litsenziya talab etilmaydi.

Xorijiy fuqarolarning vizasi 5 mayga qadar uzaytiriladi
21 mart 2020, 13:39

Xorijiy fuqarolarning vizasi 5 mayga qadar uzaytiriladi

O‘zbekistonda bo‘lib turgan xorijiy fuqarolarning vizasi avtomat ravishda 5 mayga qadar uzaytiriladi.

O‘zbekistonda koronavirus bo‘yicha sayt ishga tushirildi
21 mart 2020, 12:43

O‘zbekistonda koronavirus bo‘yicha sayt ishga tushirildi

Sog‘liqni saqlash vazirligi O‘zbekistonda koronavirus bilan bog‘liq vaziyatni yoritib borish uchun rasmiy saytni ishga tushirdi. Saytda har kunlik hisobot, infeksiyadan himoyalanish uchun tavsiyalar va zarur ma’lumotlar e’lon qilinadi.

COVID-19 aniqlangan holatlar 37 taga yetdi — SSV
21 mart 2020, 11:56

COVID-19 aniqlangan holatlar 37 taga yetdi — SSV

O‘zbekistonda koronavirus aniqlangan holatlar 37 taga yetdi.

Prezident xorijdagi O‘zbekiston fuqarolarini mamlakatga qaytarish bo‘yicha ko‘rsatma berdi
20 mart 2020, 23:32

Prezident xorijdagi O‘zbekiston fuqarolarini mamlakatga qaytarish bo‘yicha ko‘rsatma berdi

21−26 mart kunlari O‘zbekiston fuqarolarini mamlakatga qaytarish uchun charter reyslar amalga oshiriladi.

To‘y, oilaviy tantanalar, ma’raka va marosimlarni o‘tkazish taqiqlandi
20 mart 2020, 21:31

To‘y, oilaviy tantanalar, ma’raka va marosimlarni o‘tkazish taqiqlandi

To‘y-hashamlar, oilaviy tantanalar, ma’raka va marosim singari ommaviy tadbirlar o‘tkazilishi taqiqlandi. Shuningdek, ko‘ngilochar ob’ektlar, jumladan, choyxona va oshxonalar faoliyati to‘xtatiladi.

O‘zbekiston bosh sanitar vrachi kornavirusga oid savollarga javob berdi
20 mart 2020, 18:29

O‘zbekiston bosh sanitar vrachi kornavirusga oid savollarga javob berdi

O‘zbekiston bosh sanitar vrachi Bahrom Almatov koronavirus bo‘yicha mamlakatdagi vaziyat, ushbu infeksiyaning oldini olish va boshqa savollarga javob berdi.

Akademik litsey o‘quvchilari uchun teledarslar boshlandi
20 mart 2020, 14:21

Akademik litsey o‘quvchilari uchun teledarslar boshlandi

UzReport telekanalida akademik litsey o‘quvchilari uchun geografiya, matematika va fizika fanlaridan teledarslar boshlandi.

Koronavirus yana 10 kishida tasdiqlandi (jami — 33 kishi)
20 mart 2020, 12:36

Koronavirus yana 10 kishida tasdiqlandi (jami — 33 kishi)

O‘zbekistonda koronavirus infeksiyasi tasdiqlangan soni 33 nafarga yetdi. Koronavirusga chalinganlar bilan muloqotda bo‘lgan 9 kishida virus aniqlandi.

Bir kun davomida O‘zbekistonda koronavirusga yangi chalinganlar qayd etilmadi
20 mart 2020, 11:36

Bir kun davomida O‘zbekistonda koronavirusga yangi chalinganlar qayd etilmadi

20 mart ertalab holatiga ko‘ra, O‘zbekistonda koronavirus infeksiyasi aniqlanganlar soni o‘zgarishsiz (23 nafar) qoldi.

Xalqaro yo‘lovchi tashuvlari 40 kunga to‘xtatildi
20 mart 2020, 11:04

Xalqaro yo‘lovchi tashuvlari 40 kunga to‘xtatildi

Xalqaro yo‘nalishlar bo‘yicha avtobus, temir yo‘l va havo transportida yo‘lovchi tashish 40 kunga to‘xtatildi.

Koronavirus pandemiyasi oqibatlarini yumshatishga qaratilgan jamg‘arma tashkil etiladi
19 mart 2020, 20:10

Koronavirus pandemiyasi oqibatlarini yumshatishga qaratilgan jamg‘arma tashkil etiladi

Prezident farmoni bilan koronavirus pandemiyasi oqibatlarini yumshatishga qaratilgan Inqirozga qarshi jamg‘arma tuzilib, davlat byudjetidan 10 trln so‘m ajratiladi.

IIV soxta dezinfektorlarni uyga kiritmaslikni so‘radi
19 mart 2020, 17:49

IIV soxta dezinfektorlarni uyga kiritmaslikni so‘radi

Fuqarolardan o‘zlarini uylarni koronavirus infeksiyasidan dezinfeksiya qiluvchi deb tanishtirayotgan noma’lum shaxslarni uyga kiritmaslik so‘ralmoqda. Bunday holatlarda «102» raqamiga yoki profilaktika inspektoriga qo‘ng‘iroq qilish lozim.

Bolalar o‘yin zallari, diskotekalar va massaj salonlari yopiladi
19 mart 2020, 15:57

Bolalar o‘yin zallari, diskotekalar va massaj salonlari yopiladi

Koronavirus epidemiyasi sababli bolalar o‘yin zallari, diskoteka va diskobarlar, massaj salonlari faoliyati to‘xtatiladi.

Eng ko‘p o‘qilgan xabarlar | So‘nggi yangiliklar


"Gazeta.uz"da ro‘yxatdan o‘tish

Qo‘shimcha imkoniyatlarga ega bulish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting