O‘zbekistonda koronavirus infeksiyasi tasdiqlangan bemorlar soni 33 nafarga yetdi, deya xabar qildi Sog‘liqni saqlash vazirligi.

So‘nggi ma’lumotlarga ko‘ra, koronavirus infeksiyasiga chalingan bemorlar bilan muloqotda bo‘lgan yaqinlaridan 9 nafarida koronavirus infeksiyasi aniqlangan. Shuningdek, xorijdan kelgan yana bir nafar fuqaroda ham ushbu infeksiya borligi tasdiqlangan. Ayni paytga kelib, koronavirus infeksiya aniqlangan bemorlar soni 33 nafarga yetdi.

Avvalroq Davlat sanitariya-epidemiologiya nazorati inspeksiyasi boshlig‘i, Davlat Bosh sanitariya inspektori Nurmat Otabekov kun davomida O‘zbekistonda koronavirusga yangi chalinganlar qayd etilmaganini ma’lum qilgan edi.