IIV Xavfsiz turizmni ta’minlashni muvofiqlashtirish boshqarmasi fuqarolardan Toshkent viloyati va respublikaning boshqa hududlarida xususiy tartibda ijaraga berilayotgan dala hovlilarga bormaslikni so‘radi.

«Dala hovlilarning qisqa muddatlarga ijaraga berilishi, ularga turli hududlardan fuqarolarning tashrif buyurishi, aksariyat dala hovlilarda dezinfeksiya tadbi rlari talab darajasida olib borilmasligi va sanitariya-epidemiologiya qoidalariga rioya qilinmasligi kabi holatlar ushbu joylarda virusli infeksiyalar yuqishi va tarqalishining yuqori xavfini keltirib chiqaradi», — deyiladi xabarda.

Boshqarma karantin vaqtida eng xavfsiz joy fuqaro yashab turgan uy ekanini eslatib o‘tdi.