O‘zbekistonda tibbiy karantinda bo‘lganlar orasidan yana 4 nafar fuqaroda koronavirus infeksiyasi aniqlandi. Bu haqda Sog‘liqni saqlash vazirligi xabar qildi.

Ayni paytga kelib ushbu infeksiya bilan kasallangan soni 41 nafarga yetdi.