20 martdan buyon xalqaro yo‘nalishlar bo‘yicha avtobus, temir yo‘l va havo transportida yo‘lovchi tashish 40 kunga to‘xtatildi. Bu haqda O‘zbekiston Transport vazirligi xabar qildi.

Mazkur qaror O‘zbekistonga koronavirusning kirib kelishi va tarqalishini oldini olish yuzasidan chora-tadbirlar dasturini tayyorlash bo‘yicha respublika maxsus komissiyasi tomonidan qabul qilindi.

Ushbu cheklov, avtomobil, avia, temir yo‘l, daryo transportlarida amalga oshirilayotgan yuk tashuvlari va tashqi savdo yuklariga nisbatan qo‘llanilmaydi.