O‘zbekistonda koronavirus infeksiyasi bilan kasallanganlar soni ayni paytgacha 37 nafarga yetdi, deya xabar qildi Sog‘liqni saqlash vazirligi.

«Bugun koronavirus kasalligi qayd etilgan bemorlar shu paytga qadar karantinda saqlanayotgan fuqarolar», — deya ma’lum qildi O‘zbekiston bosh sanitar vrachi Bahrom Almatov shanba kuni bo‘lib o‘tgan brifingda.

Bir kun avval bu raqam 33 tani tashkil etgan edi.