Qashqadaryo viloyatida karantindan qochgan erkak qo‘lga olindi, deya xabar qildi Milliy gvardiya matbuot xizmati.

20 mart kuni Moskvadan «Moskva-Toshkent» poyezdi orqali O‘zbekistonga kirib kelgan 1995 yilda tug‘ilgan fuqaro Abbosov M.R. epidemik vaziyatga ko‘ra o‘rnatilgan tartibda Qashqadaryo viloyatida tashkil etilgan karantin markaziga joylashtirilgan.

U 21 mart kuni soat 15.30 da belgilangan tartib qoidalarga amal qilmasdan, karantin markazi devoridan oshib o‘tib, qochishga harakat qilgan vaqtda karantin hududi bo‘ylab xizmat olib borayotgan Milliy gvardiya Qo‘riqlash xizmati xodimi tomonidan qo‘lga olingan.

Hozirda ushbu shaxsga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atish choralari ko‘rilmoqda.

Avvalroq Samarqand viloyatida karantindan qochgan fuqaro Toshkent viloyatining Parkent tumanidagi uyida ushlanib, izolyatsiyaga olingan edi.