️Respublika chegara hududlaridagi mavjud chegara o‘tkazish punktlari 23-mart kuni soat 00:01 dan boshlab barcha shaxslar uchun (O‘zbekiston hududidan chiqib ketayotgan boshqa mamlakat fuqarolaridan tashqari) yopiladi, deya xabar qildi Sog‘liqni saqlash vazirligi.

23-martdan boshlab Toshkentdagi barcha korxona va муассасаларга (mulkchilik shaklidan kat’iy nazar) asosiy ish faoliyatiga ta’sir etmagan holda ishchi va xodimlarni qonunchilikda belgilangan tartibda mehnat ta’tiliga chiqarish, qolgan ishchilarning faoliyatini maksimal darajada masofadan turib (onlayn yoki distansion tarzda) tashkil etiladi.

Hodim va ishchilar o‘z ish joyida shaxsiy himoya vositalari (niqob)da bo‘lishi talab etiladi, shuningdek karantin choralarini buzganlarga nisbatan qonunchilikda belgilangan tartibda intizomiy choralar qo‘llaniladi.

Toshkent shahri, Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar markazlarida 23-martdan jamoat joylarida shaxsiy himoya vositalari (niqob)siz bo‘lgan shaxslarga “ogohlantirish” beriladi.

25-mart kuni soat 6:00 dan boshlab ushbu holat qayd etilsa — bazaviy hisoblash miqdorining bir barobari miqdorida, mazkur holat yana qaytariladigan bo‘lsa — bazaviy hisoblash miqdorining uch barobari miqdorida jarima qo‘llaniladi.