19 martdan boshlab butun O‘zbekiston bo‘yicha bolalar o‘yin zallari, diskoteka va diskobarlar, shuningdek, massaj salonlari faoliyati to‘xtatiladi.

Davlat soliq qo‘mitasi matbuot xizmatining xabar qilishicha, ushbu qaror O‘zbekistonda koronavirus tarqalishining oldini olish bo‘yicha respublika maxsus komissiyasining navbatdagi yig‘ilishida qabul qilingan.

«Tadbirkorlik sub’ektlaridan ko‘rilayotgan chora-tadbirlarga xayrixoh bo‘lishlarini so‘raymiz. O‘z-o‘zini himoya qilish uchun aholiga karantin davrida bunday muassasalarga tashrif buyurmaslikni tavsiya qilamiz», — deyiladi xabarda.

Ushbu qaror ijrosi Davlat soliq xizmati, ichki ishlar organlari va Milliy gvardiya tomonidan qat’iy nazorat qilinadi.