Sog‘liqni saqlash vaziri buyrug‘i bilan tibbiyot niqoblari tibbiy buyumlar ro‘yxatidan chiqarildi. Bu haqda Adliya vazirligi matbuot xizmati «Gazeta.uz»ga xabar qildi.

Mazkur qaror mamlakatda 2019-nCoV koronavirusi yangi turi tarqalishining oldini olish, respublika hududida qulay sanitariya-epidemiologik muhitni ta’minlash, aholi salomatligini muhofaza qilish uchun shaxsiy himoya vositalari bilan ta’minlash va tibbiyot niqobi taqchilligini olidini olish hamda mahalliy ishlab chiqaruvchilarga keng imkoniyat yaratish maqsadida qabul qilindi.

Endilikda, tibbiy niqobni ishlab chiqarish, tayyorlash hamda uni realizatsiya qilish uchun litsenziya talab etilmaydi. Shuningdek, tibbiy niqob amaliyotda ko‘llash uchun davlat ro‘yxatidan o‘tkazilmaydi.