Koronavirus

Ikki nafar koronavirusga chalingan bemor vafot etdi
3 avgust 2020, 16:01

Ikki nafar koronavirusga chalingan bemor vafot etdi

Toshkentlik ikki nafar koronavirus infeksiyasiga chalingan bemor (ayol) o‘tkir nafas, yurak qon-tomir va poliorgan yetishmovchiligidan vafot etdi. COVID-19 asoratlaridan hayotdan ko‘z yumganlar soni 157 nafarga yetdi.

O‘zbekiston Qirg‘izistonga 560 ming dollarlik insonparvarlik yordami ajratdi
3 avgust 2020, 15:46

O‘zbekiston Qirg‘izistonga 560 ming dollarlik insonparvarlik yordami ajratdi

O‘zbekiston Qirg‘izistonga 2 ming tonna un, 45 tonna xlor, 200 dona pirometr va shaxsiy himoya vositalari yetkazib berdi. Insonparvarlik yordamining umumiy qiymati 560 ming dollarga teng.

Koronavirusga qarshi kurashdagi kamchiliklar
3 avgust 2020, 15:00

Koronavirusga qarshi kurashdagi kamchiliklar

Karantin vaqtida aholining tibbiy madaniyatini rivojlantirishda ma’muriy usullarga emas, tushuntirish ishlariga urg‘u berish kerak edi, deydi tibbiy psixolog Abdullajon Begmatov. Uning fikricha, pandemiyaning odamlar hayotidagi psixologik ta’siriga ham kam e’tibor qaratilmoqda. Tibbiy psixolog koronavirusga qarshi kurashdagi kamchiliklar bo‘yicha o‘z fikrlarini «Gazeta.uz» bilan bo‘lishdi.

Koronavirus holatlari 25,8 mingdan oshdi
3 avgust 2020, 10:05

Koronavirus holatlari 25,8 mingdan oshdi

O‘zbekistonda COVID-19 bemorlari soni 275 nafarga ortib, jami 25828 kishini tashkil etmoqda. Yangi holatlar Toshkent shahrida, Qoraqalpog‘istonda, Toshkent, Samarqand, Qashqadaryo, Surxondaryo, Xorazm, Sirdaryo va Farg‘ona viloyatlarida qayd etildi. Shu bilan birga, ikki nafar koronavirus bemori vafot etdi.

Prezident Musa Yerniyazov vafoti munosabati bilan ta’ziya marosimida qatnashdi
1 avgust 2020, 17:57

Prezident Musa Yerniyazov vafoti munosabati bilan ta’ziya marosimida qatnashdi

Nukus shahrida Musa Yerniyazovning vafoti munosabati bilan ta’ziya marosimi bo‘lib o‘tdi. Unda prezident Shavkat Mirziyoyev ishtirok etib, marhumning oila a’zolariga va xalqqa chuqur hamdardlik bildirdi.

Shavkat Mirziyoyev Musa Yerniyazov qabrini ziyorat qildi
1 avgust 2020, 17:05

Shavkat Mirziyoyev Musa Yerniyazov qabrini ziyorat qildi

«Rahmatli Musa og‘a elni yaxshi ko‘rgan, halol, pok, or-nomusli inson edi. U kishiga juda ishonardim, Qoraqalpog‘istondan ko‘nglim to‘q edi». Shavkat Mirziyoyev Nukusga yetib keldi va Musa Yerniyazov qabrini ziyorat qildi.

Qashqadaryoda karantin cheklovlari yumshatiladi
1 avgust 2020, 16:49

Qashqadaryoda karantin cheklovlari yumshatiladi

Qashqadaryo viloyati tumanlari va shaharlari hokimlariga 3 avgustdan boshlab karantin cheklovlarini bosqichma-bosqich yengillashtirish huquqi berildi. Qarshida 27 iyuldan boshlab ma’lum soatlarda transport qatnovi taqiqlangan edi. Endilikda bunga ruxsat beriladi, shuningdek, kiyim-kechak bozorlari, sartaroshxonalar, ovqatlanish korxonalari va boshqalar asta-sekin ochiladi.

Hayot uchun yordam
1 avgust 2020, 15:36

Hayot uchun yordam

Aholi uylarini aylanib chiqish orqali tuzilgan muhtoj oilalar ro‘yxatiga asosan hukumat naqd pul tarqatishni boshladi. Iqtisodchi Botir Qobilov kelajakda ehtiyojmand oilalarni aniqlash va mablag‘larni taqsimlashning zamonaviy mexanizmlaridan foydalanishni taklif qildi.

Hokimlar nega Toshkentda davolanmoqda
1 avgust 2020, 12:40

Hokimlar nega Toshkentda davolanmoqda

Buxoro viloyati hokimligi matbuot xizmati viloyati hokimi vazifasini bajaruvchi Karim Kamolov nega COVID-19dan Toshkentda davolanayotganligi haqidagi savollarga javob berdi. Unga ko‘ra, bu hokimlar ro‘yxatda turadigan prezident Administratsiyasi qoshidagi Tibbiyot bosh boshqarmasining talabi.

16 avgustgacha 24 ta charter reys tashkil etiladi (jadval)
1 avgust 2020, 12:19

16 avgustgacha 24 ta charter reys tashkil etiladi (jadval)

2 avgustdan 16 avgustga qadar O‘zbekiston fuqarolarini mamlakatga qaytarish bo‘yicha Rossiya, Janubiy Koreya, Turkiya, BAA, AQSH, Xitoy va boshqa davlatlardan 24 ta charter reys tashkil etiladi.

Antirekord yangilandi: kun davomida 738 kishida koronavirus qayd etildi
1 avgust 2020, 06:19

Antirekord yangilandi: kun davomida 738 kishida koronavirus qayd etildi

31 iyul kuni O‘zbekistonda 738 kishida koronavirus aniqlanib, antirekord yangilandi.

Jo‘qorg‘i Kenges raisi Musa Yerniyazov vafot etdi
31 iyul 2020, 20:07

Jo‘qorg‘i Kenges raisi Musa Yerniyazov vafot etdi

Qoraqalpog‘iston Jo‘qorg‘i Kengesi raisi Musa Yerniyazov vafot etdi. Oldinroq unda koronavirus aniqlangan edi.

Kun davomida 686 kishida koronavirus tasdiqlandi, 743 kishi sog‘aydi
30 iyul 2020, 23:57

Kun davomida 686 kishida koronavirus tasdiqlandi, 743 kishi sog‘aydi

30 iyul kuni O‘zbekistonda 686 kishida koronavirus tasdiqlangan bo‘lsa, sog‘ayganlar soni bo‘yicha rekord yangilandi — 743 nafar. Umumiy ko‘rsatkich 23 271 taga yetdi.

400 mingdan ko‘proq oilalarga bir martalik moddiy yordam ajratiladi
30 iyul 2020, 20:50 2

400 mingdan ko‘proq oilalarga bir martalik moddiy yordam ajratiladi

O‘zbekistonda a’zolari 1,7 mln nafardan ortiq bo‘lgan 400 mingdan ko‘proq oilalarga bir martalik moddiy yordam ajratiladi. Buning uchun 380 mlrd so‘m yo‘naltiriladi. Shuningdek, Qurbon hayiti bayrami munosabati bilan yana 150 ming oila 1 mln so‘mdan yordam oladi.

Musa Yerniyazovning ahvoli og‘ir deb baholanmoqda — shtab
30 iyul 2020, 20:26

Musa Yerniyazovning ahvoli og‘ir deb baholanmoqda — shtab

Koronavirusdan davolanayotgan Qoraqalpog‘iston Jo‘qorg‘i Kengesi raisi Musa Yerniyazov og‘ir ahvolda, u O‘SV uskunasiga ulangan.

Buxoro viloyati hokimi COVID-19 dan davolanmoqda
30 iyul 2020, 18:59

Buxoro viloyati hokimi COVID-19 dan davolanmoqda

Buxoro viloyati hokimi Karim Kamolovda koronavirus infeksiyasi aniqlandi. U Toshkentda davolanmoqda.

O‘ktam Barnoyev koronavirusdan davolanmoqda
30 iyul 2020, 18:50

O‘ktam Barnoyev koronavirusdan davolanmoqda

Bosh vazirning agrar va oziq-ovqat sohalarini rivojlantirish bo‘yicha o‘rinbosari O‘ktam Barnoyev Toshkentdagi xususiy klinikada davolanmoqda, unga koronavirus tashxisi qo‘yilgan.

Koronavirusga chalingan tibbiyot xodimlari soni ma’lum qilindi
30 iyul 2020, 17:57

Koronavirusga chalingan tibbiyot xodimlari soni ma’lum qilindi

O‘zbekistonda eng kamida 540 nafar tibbiyot xodimi koronavirus infeksiyasiga chalingan. Ikki shifokorning COVID-19 sababli vafot etgani rasman qayd etilgan, deya xabar qildi sog‘liqni saqlash vaziri o‘rinbosari Ulug‘bek Sobirov.

Koronavirus holatlari 23 mingdan oshdi
30 iyul 2020, 17:04

Koronavirus holatlari 23 mingdan oshdi

Koronavirus bemorlari soni 206 nafarga ortib, jami 23078 kishini tashkil etmoqda. Yangi holatlarning 130 nafari Toshkent shahrida, 40 nafari Buxoro viloyatida, 20 nafari Sirdaryo viloyatida, 9 nafari Qoraqalpog‘istonda, 7 nafari Toshkent viloyatida aniqlandi. Shu bilan birga, yana ikki nafar koronavirus bemori vafot etdi.

Koronavirus holatlari 22,8 mingdan oshdi
30 iyul 2020, 10:06

Koronavirus holatlari 22,8 mingdan oshdi

O‘zbekistonda COVID-19 bemorlari soni 287 nafarga ortib, jami 22872 kishini tashkil etmoqda. Yangi holatlar Toshkent shahrida, Toshkent, Samarqand, Andijon, Surxondaryo, Navoiy, Namangan va Qashqadaryo viloyatlarida qayd etildi. Shu bilan birga, yana bir koronavirus bemori vafot etdi.

Eng ko‘p o‘qilgan xabarlar | So‘nggi yangiliklar


"Gazeta.uz"da ro‘yxatdan o‘tish

Qo‘shimcha imkoniyatlarga ega bulish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting