O‘zbekistonda 540 nafardan ziyod tibbiyot xodimi koronavirus infeksiyasiga chalingan. Bu haqda payshanba kuni bo‘lib o‘tgan brifingda COVID-19 ga qarshi kurash bo‘yicha shtab a’zosi, professor Xabibullo Oqilov «Gazeta.uz»ga ma’lum qildi.

Sog‘liqni saqlash vaziri o‘rinbosari Ulug‘bek Sobirov ikki nafar tibbiyot xodimining COVID-19 dan vafot etganini ma’lum qildi.

Xabibullo Oqilov Zangiota tumanidagi yuqumli kasalliklar shifoxonasida havo sovutish tizimi faoliyati to‘g‘ri yo‘lga qo‘yilgani sababli shifokorlar orasida birorta ham kasallanish holati qayd etilmaganini qo‘shimcha qildi.

Eslatib o‘tamiz, aprel oyi o‘rtalarida Andijon vilotida 74 nafar tibbiyot sohasi xodimining COVID-19 ga chalingani tasdig‘ini topgan edi.