O‘zbekiston Qirg‘izistonga 560 ming dollarlik qiymatda insonparvarlik yordami yubordi. Bu haqda «Kabar» axborot agentligi ma’lum qildi.

Insonparvarlik yordami sifatida O‘zbekiston Qirg‘izistonga 2 ming tonna un, 9,5 ming dona kombinezon, 12 ming dona niqob, 25 ming dona qo‘lqop, 500 dona himoya ko‘zoynagi, 200 dona pirometr, 45 tonna xlor yetkazib berdi, degan Qirg‘iziston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vaziri Zamirbek Askarov brifingda.

Vazirning ma’lum qilishicha, xalqaro tashkilotlardan ham Qirg‘izistonga qiymati 9 million somlik shaxsiy himoya vositalari, dezinfeksiya ishlarini olib borish uchun materiallar yetkazib berilgan. Mazkur yordam hududlar va sog‘liqni saqlash tashkilotlariga taqsimlangan.