30 iyul kuni O‘zbekistonda 686 holatda kasallik qayd etilgan bo‘lib, shundan 58 nafari karantin markazidagi fuqarolar orasida, 628 nafari koronavirusga chalingan bemorlar bilan muloqotda bo‘lganligi sababli namuna olingan fuqarolar orasida aniqlangan, deya xabar qildi Sog‘liqni saqlash vazirligi.

Shu bilan birga, bugun Toshkent shahrida 4 nafar, Buxoro viloyatida 1 nafar, jami 5 nafar koronavirusga chalingan bemor vafot etdi.

Toshkent shahri, Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Sirdaryo, Andijon, Toshkent, Surxondaryo, Qashqadaryo, Namangan, Farg‘ona hamda Buxoro viloyatlarida jami 743 nafar bemor sog‘aydi.

️Hozirda kasallik qayd etilgan jami 23 271 nafar bemordan 13 680 nafari sog‘ayib, davolanish ko‘rsatkichi 59 foizni tashkil etmoqda.

️Ayni paytda koronavirus infeksiyasidan davolanayotgan 9 455 nafar bemordan 436 nafari og‘ir, 181 nafari esa o‘ta og‘ir ahvolda.

Hozirda mamlakatda uy karantinida 70 467 nafar, statsionar karantinda esa 22 789 nafar fuqaro tibbiy kuzatuvda bo‘lib turibdi.